Xiaomi BMW avtomobillari uchun raqamli kalit taqdim qildi

Xiaomi va Google hamkorligida ishlab chiqilgan mazkur texnologiya avtomobilni smartfon orqali boshqarish imkonini beradi.

MWC-2023 koʻrgazmasiga bir nechta texnologiyalar bilan kelgan Xiaomi kompaniyasi  Xiaomi 13 Lite, Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlarining taqdimotidan soʻng avtomobillar uchun raqamli kalitlar haqida ma’lum qildi.

Kompaniya bosh direktori Ley Jun Twitterʼda Xiaomi 13 smartfonlari BMW avtomobillari uchun raqamli kalit sifatida ishlatilishi to‘g‘risida post qoldirdi.

Google Wallet ilovasi yordamida siz mashinani ochishingiz, yopishingiz va ishga tushirishingiz mumkin. Shuningdek, raqamli kalitni doʻstingiz yoki oila aʼzolaringizga ham ochib berishingiz mumkin.

Yangi funksiya faoliyati 2023-yilning ikkinchi choragidan boshlanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10