Sem Altman Marsda yashashni emas, u yerga robotlarni yuborishni istashini aytdi

OpenAI direktori Sem Altman ilmiy-fantastik filmlardagidek texnologik yangiliklar qilishni maqsad qilgan, ammo u Ilon Mask kabi Marsda yashashni istamaydi.

Oʻtgan hafta London Universitet kollejida boʻlib oʻtgan nutqida, ChatGPTʼni yaratgan OpenAI asoschisi va bosh direktori Altmandan sunʼiy intellekt Marsda inson hayotini oʻrnatishga yordam bera oladimi, deb soʻrashdi.

“Marsga borib yashashni istamayman – bu dahshatli eshitiladi”, dedi u. “Yaxshisi biz avval robotlarni yuborib va Marsda sharoitni biroz yaxshilab olganimiz maʼqul”, deya qoʻshimcha qildi u. “Aslida esa menga Yer koʻproq yoqadi, oʻzimizning sayyora juda ajoyib”.

Altmanning Mars haqidagi qarashlari OpenAI ta'sischilaridan biri va SpaceX bosh direktori Ilon Maskning fikrlaridan keskin farq qiladi, u 2050-yilgacha Qizil sayyoraga bir million odam jo‘natmoqchi ekanligini va yoshi ulg‘ayganida Marsga borishni shaxsan o‘ylashini aytdi.

Albatta, Mask ham Marsga robotlar yuborish haqida izlanishda davom etayapti.

Xususan, 2021-yilda u Teslaning odamsimon roboti Marsda xavfli sharoitlarda ishlash uchun koʻplab ishlab chiqarilishini aytgandi. Maskning taʼkidlashicha, robot Teslaning 2022-yildagi eng muhim loyihasi boʻlib, oxir-oqibat uning elektromobil biznesidan ham “ahamiyatliroq” boʻlishi mumkin. Kompaniya robotning faqat prototiplarini taqdim etgan boʻlsa-da, uning chiqish sanasi hali aniq emas.

Mask 2015-yilda OpenAI asoschilaridan biri bo‘lgan, biroq u Teslaning sunʼiy intellekt boʻyicha manfaatlar toʻqnashuvini aytib, 2018-yilda boshqaruv kengashini tark etgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35