Samsung iMac dizaynidagi all-in-one kompyuterini sotuvga chiqardi

Samsung kompaniyasi Apple iMac uslubidagi yangi all-in-one ish stoli kompyuterini taqdim etdi. Hozircha faqat Janubiy Koreyada taqdim qilingan DM530AFA-LC71W kompyuteri Apple iMacʼni bir qancha funksiyalari bilan ortda qoldirishi aytilmoqda.

Samsungning yangi PC kompyuteri — DM530AFA-LC71W Intel Raptor Lake arxitekturasi asosidagi 24 dyuymli boʻlib, 23,8 dyuymli va 1080p 16:9 nisbatli panel koʻrsatkichlariga ega. 

Bundan tashqari, DM530AFA-LC71W Core i7-1360P gacha boʻlgan 12 yadroli va 16 ipli protsessor bilan jihozlangan boʻlib, u 4 P yadrosida 5 GGts ga yetadi.

Shuningdek PC 28 Vt protsessor va 16 Gb gacha LPDDR5 operativ xotira bilan taʼminlangan. Samsung 512 Gb olinadigan NVMe SSD hamda 2,5 dyuymli slotga ham ega.

Kompyuter veb-kamera, 5 Vt stereo dinamiklar, toʻrtta USB Type-A porti, bitta USB Type-C porti, Gigabit Ethernet, HDMI-in, HDMI va microSD kartani oʻqiydi. Janubiy Koreyada Core i3 protsessorli varianti ~ 931 dollardan baholanadi (simsiz klaviatura va sichqoncha bilan birga sotiladi). Bundan tashqari, Core i5 — ~ $ 1 066 va Core i7 varianti ~ $ 1 291 dollarga narxlanadi. Mazkur kompyuter hozircha Janubiy Koreya va AQShda taqdim etilgan boʻlib, dunyo boʻylab sotiladimi yoki yoʻqmi, hozircha aniq emas.

Giglink.uz oldinroq Xiaomi Pad 6 va Xiaomi Pad 6 Pro planshetlari haqida batafsil ma’lumot bergan edi. 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47