Rasman ChatGPT mobil ilovasi chiqarildi!

ChatGPT nihoyat iOS va Android uchun mobil ilovalarini taqdim etishga qaror qildi. Bugun chatbotning iOS uchun ilovasi chiqarildi va tez kunlarda Android smartfonlariga ham dastur ishga tushadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili noyabr oyida taqdim qilingan ChatGPT sun’iy intellekti foydalanuvchilari soni bugunga kelib 100 milliondan oshadi. 

Foydalanish

Mobil ilova ham brauzer kabi ishlaydi, ya’ni pullik va bepul obunalarga ega. Bepul obuna yetarlicha yaxshi ishlagani uchun odatda har oy 20$ dan to‘lashga ehtiyoj sezilmaydi ham. Ilova ChatGPT veb-saytidagi chatlar tarixi bilan sinxronlashadi, ya’ni mavjud profildagi yozishmalar saqlanib qoladi. Ilovaning brauzerdan ustun va o’ziga xos xususiyatlaridan biri — so‘rovlarni ovozli kiritish imkoniyatidir. Ushbu funksiya OpenAI'ning Whisper nomli ochiq kodli nutqni aniqlash modeliga asoslangan holda ishlaydi.

iOS uchun ChatGPT ilovasidan ham iPhone smartfonida, ham iPad planshetida foydalanish mumkin. Ilova hozirda faqatgina AQShda ishlamoqda va 1 hafta ichida dunyo bo‘ylab ishlaydi. 

Mobil ilovani O‘zbekistonda ishlatish mumkin, buning uchun mavjud login va paroldan foydalaniladi. Lekin unda xizmatga kirish (login) saytdagidek imkonsiz bo‘lishi ehtimoli bor.

Avvalroq Giglink.uz Google Bard va Google Search: O‘zbekistonda foydalanish, farqi, funksiyalari haqida batafsil ma’lumot bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47