Qanday qilib iPhoneʼda Counter-Strike oʻynash mumkin?

Counter-Strike muxlislari nihoyat kutgan yangilik: endi oʻyinni istalgan joydan turib mobil telefoni orqali oʻynash mumkin.

hi-tech.mail.ru

Rossiyalik dasturchilar Play-CS.com saytini ishlab chiqishdi. Saytga brauzer orqali kirib Counter-Strike 1.6 oʻyinini oʻynashingiz mumkin. Bunda oʻyinni yuklash shart emas — toʻgʻridan-toʻgʻri brauzerda oʻynayverasiz.

Oldinlari, aytaylik 2000-yillarda brauzerda faqatgina oddiy arkad yoki topishmoqlar oʻynash mumkin boʻlgan. CS:Go, CS kabi oʻyinlarni oʻynash uchun maxsus kompyuterda uzoq vaqt yuklab olishga toʻgʻri kelardi. Endi esa, yuqorida biz xabar bergan yangilikdan soʻng sizda bu borada muammo boʻlmaydi.

Kompyuterda oʻyinni oʻynash

Play-CS.com sayti Safari va Google Chrome kabi barcha keng ishlatiladigan brauzerlarda ishlaydi. Shuningdek, saytda rus tili ham bor. Mail.ru Hi-Tech muharriri saytni sinab koʻrib, noutbukda (MacBook Pro M1) ham muammosiz ishlashini maʼlum qilgan.

iPhone’da oʻyinni yuklash

Endi CS 1.6 ni iPhoneʼga oʻrnatamiz. Buni eshitib hayron boʻlyapsizmi? U holda quyidagi “shpargalkadan” foydalaning:

  • Kerakli serverni tanlang (boʻsh joyni izlang);
  • Connect tugmasiga bosing;
  • Yuklanishini kuting va buyruqni tanlang.

Mazkur qoʻllanma barcha qurilmalar uchun ishlaydi. Biroq yurgan holda oʻyinni oʻynab boʻlmaydi, chunki sayt sensor harakatlarni qoʻllab-quvvatlamaydi. Muammoni Bluetooth klaviatura orqali hal qilsa boʻladi.

Saytni yana bir qulayligi — oʻyin havolasi koʻchirib (copy) olish (Connect yonidagi tugma) va doʻstlarni birgalikda oʻynashga taklif qilish mumkin. Bunda kam oʻyinchilardan iborat matchlarni topishni tavsiya qilamiz, chunki shunday qilib oʻyinga tez ulanib olasiz.

Maʼlumot uchun eslatib oʻtamiz, Counter-Strike — oʻyin sanoatida eng ommaboplaridan biri hisoblanadi. Avvaliga Half-Life modʼi hisoblangan mazkur oʻyinni 1999-yilda Valve sotib oldi va 2000-yilda bizga tanish CS 1.6 versiyasida taqdim qildi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47