Pentagon bosh ofitseri sunʼiy intellekt xavfidan “oʻlguday qoʻrqib ketdi”

AQSh armiyasi sunʼiy intellektdan foydalanishga intilayotgan bir paytda, bu ishga masʼul boʻlgan Pentagon bosh ofitseri SI yolg‘on xabar tarqatish uchun “mukammal vosita” boʻlishidan ogohlantirmoqda.

Mudofaa vazirligining raqamli va sunʼiy intellekt boʻyicha bosh mutaxassisi, Kreyg Martell, AFCEA TechNet Cyber ​​konferensiyasida generativ sunʼiy intellekt haqidagi fikrlari soʻralganida: “Ha, men oʻlguday qoʻrqaman”, dedi.

“Men ChatGPTʼdan qoʻrqishimning sababi — sunʼiy intellekt oʻz fikrlarini erkin ifoda etishga oʻrgatilgan”, dedi Kreyg Martell. “U erkin va ishonarli gapiradi. Natijada, siz uning gaplariga notoʻgʻri boʻlsa ham ishonasiz ...va bu yolgʻon maʼlumot tarqatish (dezinformatsiya) uchun eng qulay vosita boʻlishi mumkin...”

Martell, sunʼiy intellektlar ichida “qiziqarli muammo” tugʻdiruvchi ChatGPT generativ SI tili modelini nazarda tutgan: ular kontekstni tushunmaydilar va odamlar oʻzlarining aytganlarini haqiqat sifatida qabul qiladilar, dedi Martell.

Avvalroq xuddi shunday qo‘rquv va xavf to‘g‘risida Giglink.uz “Sun’iy intellekt asl tarixni yo‘q qilishi mumkin” nomli maqolada fikr yuritgan edi.

“Bizga xabarlarni haqiqatan ham sodir boʻlayotganini aniqlash va real voqealar sodir boʻlganda ogohlantirib turuvchi vositalar kerak. Bizda esa bunday vositalar yoʻq”, deb davom etdi u. “Biz bu kurashda ortda qoldik.“

Konferensiyada u barcha generativ AI modellaridan olingan maʼlumotlarning aniqligini taʼminlash uchun zarur vositalarni yaratishga chaqirdi.

Oʻtgan yili Mudofaa vazirligi tomonidan ishga qabul qilingan ofitser Martell sunʼiy intellekt sohasida katta tajribaga ega. Vazirlikka qoʻshilishdan oldin u Lyft va Dropboxʼda Mashinalarni oʻrganish boʻlimi boshligʻi boʻlgan, LinkedInʼda bir nechta sunʼiy intellekt guruhlarini boshqargan va oʻn yildan koʻproq vaqt davomida harbiylar uchun sunʼiy intellektni oʻrgatuvchi dengiz aspiranturasi professori boʻlgan.

Martellning xavfdan ogohlantirishi Pentagon rasmiylari razvedka maʼlumotlarini toʻplash va kelgusida harbiy harakatlarni olib borish maqsadida generativ SIdan foydalanish yoʻllarini koʻrib chiqayotgan bir paytga toʻgʻri keldi. Seshanba kuni boʻlib oʻtgan konferensiyada Mudofaa axborot tizimlari agentligi (DISA) direktori general-leytenant Robert Skinner oʻz nutqini uning ovozini klonlashtirgan va ochilish nutqini soʻzlagan generativ AI haqida so‘zlash bilan boshladi.

Maʼlum boʻlishicha, Skinnerning nutqlaridan biri sunʼiy intellekt tomonidan generatsiya qilingan boʻlib, bir qarashda oʻta real qilib ishlangan.

“Generativ SI — bu, ehtimol, juda uzoq vaqtlardan beri yaratilgan eng buzgʻunchi texnologiya va tashabbuslardan biri”, dedi. “Endilikda uni ishlatadigan va undan qanday qilib yaxshiroq foydalanishni hamda himoyalanishni biladiganlar yuqori oʻrinlarni egallaydilar.“

Lekin Skinner SI boʻyicha bosh ofitser Martellning qoʻrquvi haqida “u generativ sunʼiy intellektdan qoʻrqmaydi. Lekin uning bu gapi Mudofaa vazirligi uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqarishga yetarli signal boʻladi” dedi.

Avvalroq “sun’iy intellektning choʻqintirgan otasi” oʻzining sunʼiy intellektdagi faoliyatidan afsus va qoʻrquvi tufayli Googleʼni tark etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33