Nokia Oyda muz topish uchun 4G internetini ishga tushirmoqda

Nokia 2023-yil oxirigacha Oyda 4G internetni (LTE) ishga tushiradi. SpaceX hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur texnologiyani o‘rnatish NASA homiyligidagi Artemida missiyasining bir bosqichi hisoblanadi.

Nokia bosh muhandisi Luis de Teminyoning soʻzlariga koʻra, maxsus texnologiya yaqin oylarda SpaceX raketasi yordamida Yer sunʼiy yoʻldoshiga yuboriladi. Infratuzilmaning aniq joylashuvi sifatida Oyning janubiy qutbidagi Shaklton krateri tanlangan.

Qayd etilganidek, roʻyxatga Intuitive Machines tomonidan ishlab chiqilayotgan Nova-C landeridagi baza stansiyasi kiritiladi. Shuningdek, oy yuzasida yuruvchi texnikadan foydalaniladi.

Nokiaʼning maʼlum qilishicha, 4G kelajakda Oyga parvoz qiladigan astronavtlarga oʻzaro hamda missiyani boshqarish markazi bilan aloqa oʻrnatish, turli texnikalarni masofadan boshqarish, video-translyatsiya va uyali tarmoq orqali boshqa maʼlumotlarni uzatish imkonini beradi. Shu bilan birga, uyali aloqa anʼanaviy radioga qaraganda ancha barqaror va ishonchli boʻladi.

Oy muzi

Nokia oy da LTE yuqori internet tezligini oʻrnatishdan asosiy maqsadlaridan biri — bu oyda muz topishdir. Oy yuzasining katta qismi quruq, biroq yaqinda Oyga uchuvchisiz parvozlar uyushtirilganida kraterlarga yopishib qolgan muz qoldiqlarini aniqlangan.

Agar yetarli miqdorda muz (suv) manbai topilsa, uni tozalab isteʼmol uchun ishlatish, raketa yoqilgʻisi sifatida foydalanish yoki astronavtlar nafas olishi uchun kislorodga parchalashda (H2O) qoʻllash mumkin.

Qisqacha qilib aytganda, kelgusida koinot boʻylab hayot manbalari topilganida turli kosmik missiyalar (sayohatlarni) amalga oshirish mumkin boʻladi.

Ma’lumot uchun, Yerning sun’iy yo‘ldoshi doimo turli tadqiqotlar markazida bo‘lib kelgan. Olimlar shuningdek, uni Yerdan keyingi yashash uchun eng yaxshi variantlar biri, deb hisoblashadi. Misol tariqasida, ayni paytda Oy uchun alohida vaqt mintaqasi (time zone) ishlab chiqilishi ham boshlangan edi. Bu nega kerak, deysizmi? Javobi bu yerda — https://giglink.uz/p/0634477

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08