Tarixda ilk bor Marsdan jonli efir amalga oshirilmoqda

Yevropa kosmik agentligi (ESA) 20 yil avval uchirilgan Mars Ekspress kosmik kemasidan ilk jonli efirni eʼlon qildi. Efir bir soat davom etadi.

Efir davomida har 50 soniyada toʻgʻridan-toʻgʻri Express Vizual Monitoring Kamerasidan (VMC) keladigan yangi tasvirlar koʻrsatiladi. Agentlikning taʼkidlashicha, ular unchalik ham “jonli” boʻlmaydi, chunki ularni Yerga yetkazish uchun 3 daqiqadan 22 daqiqagacha vaqt ketadi.

Efir 2-iyun, yaʼni bugun boʻlib oʻtadi. Uni agentlikning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin. ESA, shuningdek, rasmlarni oʻzining Twitter akkauntida joylashtirishni vaʼda qilmoqda.

Mars Express 2003-yil 2-iyunda uchirilgan. 25-dekabr kuni u Mars atrofida ucha boshladi, ommaviy axborot vositalari buni haqiqiy Rojdestvo mo‘jizasi deb atashgan. Deyarli yigirma yillik ish davomida zond sayyora atmosferasini batafsil oʻrganib chiqdi, unda metanni biriktirdi, janubiy qutb qopqogʻida suv muzini topdi va minglab ajoyib fotosuratlar va videolarni yubordi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47