Mac olib Windows’da ishlashni istaysizmi? Endi Apple kompyuterlarida Windows 11’ni rasman o‘rnatish mumkin

Bundan oldin Mac kompyuterlarida Windows oʻrnatsa boʻlardi, biroq u norasmiy bo‘lib, ma’lumotlar uchun xavfli edi.

Microsoft kompaniyasi Mac M1 va M2 uchun Windows 11 for ARM operatsion tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim qildi.

Windows 11ʼni endi rasman Parallels Desktop 18 virtual mashinasi orqali ishga tushirish mumkin. Apple chiplari uchun mos keladigan mazkur operatsion tizim (OT) Parallels Desktop 16.5 versiyasining chiqarilishi bilan qoʻshildi. Texnik jihatdan, bundan oldin ham Macʼda Windows oʻrnatsa boʻlardi, biroq u norasmiy boʻlgan.

Giglink avvalroq Windows 11 operatsion tizimi foydalanuvchi ruxsatisiz tashqi tarmoqlarga ulanib olishga urinishi aniqlangani haqida xabar bergandi:
⏩️ Yangi Windows 11 qanday josuslik qiladi?

Bu esa Windows va macOS noutbuklari aralashmasidan foydalanadigan korporativ Windows foydalanuvchilari uchun noqulay boʻlgan. Microsoftʼning Windows for ARM litsenziyalari avval toʻgʻridan-toʻgʻri qurilma ishlab chiqaruvchilariga berilgan, shuning uchun M1 va M2 bilan Macʼda Windows 11ʼdan erkin foydalanishda muammolar mavjud edi.

Biroq, Parallels Desktop 18‘ning yangi versiyasi endi Windows 11 ni bir marta bosish orqali Apple kompyuteringizga rasman yuklab olish va oʻrnatish imkonini beradi.

Bu quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Agar roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz va litsenziya sotib olishni xohlamasangiz, Try now tugmasini bosing hamda sinov versiyasini yuklab olish uchun Download free trialʼga oʻting.
  • Litsenziyani darhol sotib olmoqchi boʻlsangiz, Buy now tugmasini bosing.
  • Yuklab olgach, faylni oching va oʻrnatish oynasiga ikki marta bosing.
  • Windows 11 ni bir necha kliklarda oʻrnating.

Sinov versiyasida siz 14 kun Parallels Desktop Pro Editionʼning toʻliq funksional koʻrinishidan foydalanishingiz mumkin. 

Pullik versiyada 3 turdagi: 99,99 dollar standart litsenziya, 119,99 dollar yillik Pro Edition litsenziyasi va 149,99 dollar yillik BusinessEdition litsenziyalar tarifi mavjud.

Albatta, internet boʻylab litsenziyasiz Parallels Desktopʼni faollashtiruvchilar ham bor (masalan, bu).

Biroq, “Код Дурова“ blogi maʼlum qilganidek, pirat manbalardan foydalanish faqat oʻzingizning xavf-xataringiz uchun ishlashi, hattoki bu holat siz istiqomat qiladigan davlat qonunchiligi bilan taʼqiqlangan boʻlishi ham mumkin.

Windows 11ʼni oʻrnatganingizdan soʻng u maxsus resursda virtuallashtirilgan muhitda ishga tushirilishi mumkin. Qurilmadagi fayllar va manbalar har ikkala operatsion tizim — macOS va Windows uchun umumiy boʻlib qoladi.  Parallels virtual TPM bilan oʻrnatish vaqtida Windows 11ʼning TPM va Secure Boot talablarini bajaradi.

Biroq, shunga qaramay, Windows 11ʼni Mac M1 va M2ʼda ishlatishda cheklovlar mavjud. Masalan, bunda DirectX 12 yoki OpenGL3.3 ilovalari ishlamaydi. Windowsʼga chuqur integratsiyalashgan dasturlar, jumladan, baʼzi antiviruslarni ham ishga tushirishni iloji yoʻq. Bundan tashqari, Amazon Appstore yoki GNU/Linux orqali Android ilovalarini ishga tushirishda ham muammolar mavjud.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04