AQSh osmonida sirli havo shari paydo boʻldi

Havo sharini ilk bor oʻtgan hafta Gavayi orollarida koʻrishgan. Xabarlarga koʻra, AQSh rasmiylari hozirda uning Meksika tomon yoʻl olayotganini kuzatmoqda.

Gizmondo

Maʼlum boʻlishicha, mazkur havo shari josuslik maqsadida ishga tushirilgan boʻlishi mumkin. 2023-yil boshida AQSh havo hududi orqali sirli josuslik yuklari bilan bogʻliq shov-shuvdan soʻng, harbiylar yana bir sharni aniqlaganini aytmoqda.

NBC News bu voqeani vaziyatdan xabardor uch AQSh rasmiysiga tayanib eʼlon qildi. Manbalarga koʻra, havo shari Gavayi orollaridan boshqa hech qanday shubhali hududlar uzra uchmagan. Xabar qilinishicha, AQSh harbiylari oʻtgan hafta oxiridan beri havo sharini kuzatib kelyapti. Obyekt havo qatnovi yoki milliy xavfsizlikka xavf tugʻdirmaydi va hech qanday signal chiqarmaydi yoki qabul qilmaydi. U asta-sekin Meksika tomon harakatlanmoqda. Hozircha havo sharining egasi nomaʼlum.

Mudofaa vazirligi matbuot kotibining aytishicha: “Havo shari toʻgʻridan-toʻgʻri muhim mudofaa infratuzilmasi yoki AQSh hukumatining boshqa muhim obyektlari ustidan uchib oʻtmagan, yerdagi odamlarga harbiy yoki jismoniy xavf tugʻdirmagan”.

Ayni paytda mazkur havo shari Xitoy davlatiga tegishli, degan taxminlar ilgari surilmoqda. Bunga sabab qilib xuddi shu kabi holatning oldinroq kuzatilgani aytilgan.

Giglink.uz avvalroq AQSh va Xitoy o‘rtasida boshlangan yerosti simlari urushi haqida xabar bergandi. AQSh va Xitoy suv ostidagi internet kabellari musaboqasida kim g‘olib bo‘lishi haqida bu yerda batafsil o‘qishingiz mumkin — https://giglink.uz/p/3807529

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23