Oʻzbekistonda havo taksilari joriy qilindi

Bunday taksilarda Samarqanddan Buxoroga borib kelish narxi 50 mln soʻmga tushadi.

Uzbekistan Helicopters

Avrud Travel va Uzbekistan Helicopters kompaniyasi Samarqanddan Buxoroga va ortga aerotaksiga buyurtma qabul qilmoqda. Bir tarafga uchish narxi — 26 mln soʻm. Vertolyot borti 5 ta yoʻlovchi uchun moʻljallangan va bu 1 kishiga taxminan 5 mln 200 ming soʻm yoki 455$ dan toʻgʻri keladi.

Parvoz davomiyligi — 1,5 soatgacha. Ayni paytda navbatdagi parvoz uchun boʻsh joylar mavjud. Shuningdek, Toshkentdan Buxoro yoki Samarqandga aerotaksi buyurtma qilish ham mumkin, bunda narxlar masofa, vertolyot modeli, bortdagi kishilar soni va manzilda kutish vaqtidan kelib chiqib hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, Uzbekistan Helicopters aviakompaniyasi Oʻzbekiston boʻylab vertolyot turlarini tashkil qiladi. Turli tadbir, fotosessiya yoki turlar uchun vertolyot buyurtma qilish mumkin. Fotosessiyalar narxi ham manzildan kelib chiqib hisoblanadi. Odatda bitta vertolyot borti transport modelidan kelib chiqib 4-5 yoki 20 ta yoʻlovchi uchun moʻljallangan boʻladi. Parvozlar vaqti 10 daqiqadan 1,5 soatgacha.

Avvalroq Ukrainaning “Uklon” taksi xizmati Oʻzbekiston bozoriga kirishni rejalashtirayotgani xabar berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25