Apple Watch aorta yorilishi tufayli hushidan ketgan ayolning hayotini saqlab qolishga yordam berdi

Reddit foydalanuvchisi Apple Watch onasining hayotini saqlab qolishga qanday yordam bergani haqidagi aql bovar qilmaydigan voqea bilan oʻrtoqlashdi.

Xanderpining soʻzlariga koʻra, onasi xizmat safarida boʻlgan va mehmonxonada qolayotganida yuragida ogʻriq sezgan.

U oʻzi bilan bitta mehmonxonada tunab qolgan dugonasini shunchaki xonasiga taklif qilib SMS yozgan va koʻp oʻtmay, “yuzi bilan yerga yiqilgan”.

Dugonasi xonaga kelganida, Xanderpining onasi yerda hushsiz yotganini koʻrib darhol 911 raqamiga qoʻngʻiroq qildi. Uni hayratda qoldirgan narsa: dispetcherlar tez yordam mashinasi allaqachon ketayotganini aytishgani boʻlgan. Gap shundaki, Reddit foydalanuvchisining onasi yiqilganida, uning qoʻlidagi Apple Watch keskin yiqilish holatini aniqlagan  va foydalanuvchi nomidan favqulodda xizmatni chaqirgan.

Apple Watch 911 raqamiga qoʻngʻiroq qilgani va dugonasining kelishi ayolning hayotini asrab qolishda juda muhim rol oʻynadi. Reddit foydalanuvchisining onasi shifoxonaga olib kelinganida, shifokorlar uning aortasi yorilganini va agar kasalxonaga bir necha daqiqa kechikib olib kelishganida kech boʻlishi mumkinligini aytishdi.

Bir necha kun oʻtib ayol oʻziga kelganida undan hushidan ketishdan oldin 911 raqamiga qoʻngʻiroq qilgan-qilmaganligi soʻraldi va u buni rad etdi. Maʼlum boʻlishicha, Apple Watchʼning falokat vaqtida ishlaydigan datchiklari (keskin yiqilishdan soʻng foydalanuvchining harakatsiz qolgani gadjetni “chora koʻrishga undagan”) haqiqatdan ham 911 tez yordam raqamiga qoʻngʻiroq qilgan va ayolning tirik qolishi uchun muhim boʻlgan tezkor yordamni taʼminlagan.

Vaziyat haqida fikr yuritar ekan, Reddit foydalanuvchisi Apple Watchʼning salomatlik uchun moʻljallangan xususiyatlariga nisbatan hurmati yanada oshganini aytdi:

“Men odatda Apple Watch insonlar hayotini asrab qolishi haqidagi hikoyalarni eshitib qolsam, ular reklama uchun boʻrttirilgan yoki shunchaki uydirma, deb oʻylardim. Endi bunday emasligiga amin boʻldim. Apple texnologiyalari azaldan men va oila aʼzolarim uchun ahamiyatga ega boʻlgan, ammo bu... bu holat mutlaqo boshqacha tajriba berdi. Mazkur voqea meni umrbod Apple foydalanuvchisiga aylantirdi va bu kabi texnologiyalar inson hayotini saqlab qolishi mumkinligini koʻrsatdi”.

Avvalroq Giglink.uz odamlar bir marta iPhone ishlatib Androidga qaytishni istamasligining asosiy sabablaridan biri Apple Watch’ligini aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17