Apple bu yil yangi iMacni chiqarishni rejalashtirmoqda
Texnologiya
07 mart, 17:21
Yangi iMacʼda M3 protsessori boʻlishi kutilmoqda. Monoblokning ommaviy ishlab chiqarilishi uch oydan keyin boshlanadi.
Yangi kompyuter xuddi 2021-yil aprel oyida chiqarilgan eng soʻnggi iMac kabi 24 dyuymli ekranga ega boʻladi. Koʻk, kumush, pushti va toʻq sariq ranglarda chiqariladi. Bloomberg jurnalisti Mark Gurman xabar berishicha, ekranning oyoqqa oʻrnatilishi va ayrim komponentlarning koʻrinishi oʻzgaradi.

Ushbu kompyuterdan tashqari kompaniya shu yilning bahorida yoki yozida yana uchta qurilmani chiqarishini taʼkidlamoqda: bular birinchi 15 dyuymli MacBook Air noutbuki, yangilangan 13 dyuymli MacBook Air va birinchi marta oʻzining M2 Ultra protsessoridan quvvat oladigan yangi Mac Pro ish stantsiyasi boʻladi.
Avvalroq Giglink.uz nashri Apple o'yinlar uchun maxsus Mac ishlab chiqishi haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya