2023-yilda sotib olish mumkin boʻlgan oʻyin kompyuterlari uchun eng yaxshi protsessorlar

Roʻyxatda Intelning eng soʻnggi 14-avlod protsessorlari birinchilikka chiqa olmagan.

Mashhur PCGamesHardware portali mualliflari hozirda bozorda mavjud boʻlgan oʻyin va ish uchun eng yaxshi protsessorlar roʻyxatini tuzdilar. Bunda qurilmalarning narx va ishlashning optimal muvozanati hisobga olingan. 14-avlod Intel protsessorlari yaqinda eʼlon qilinganiga qaramasdan yuqori pogʻonaga chiqa olmadi. 

Roʻyxatda AMD protsessori – Ryzen 7 7800X3D yetakchilik qilmoqda. U bozordagi oʻyinlar uchun eng qiziqarli protsessorlardan biridir.

Intel kompaniyasining yangi mahsulotlari reytingda ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egalladi. 2-oʻrinda yangi Core i7-14700K. Bu 14-avlodning eng qiziqarli modeli boʻlib, u qoʻshimcha 4 ta kichik yadro tufayli avvalgisidan ancha farq qiladi.

Yuqori darajadagi Core i9-14900K uchinchi oʻrinni egalladi — bu bugungi kunda dunyodagi eng kuchli ish stoli protsessori boʻlib, 6 gigagertsli chastotada ishlay oladi.

Keyingi ikkita oʻrinni “qizil” protsessorlar va AM4 eski modellar egalladi. Toʻrtinchi oʻrindan katta hajmdagi kesh xotiraga ega Ryzen 7 5800X3D va AMD Ryzen 7 5700X joy oldi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47