Vivo X90 Pro tahlili: smartfon sotib olish uchun qanchalik yaxshi tanlov?

Vivo X90 Pro — Xitoy flagmanining xususiyatlari, kamerasi kuchi, sotib olish uchun qanchalik yaxshi tanlov ekanligi, ustunligi va kamchiligi hamda o‘rnini bosuvchi modellar haqida batafsil koʻrib chiqamiz.

X90 Pro Vivo brendining eng zoʻr qurilmasi boʻlmasada, lekin uni eʼtibordan chetda qoldirish ham yaramaydi.

Vivo X90 Pro: dizayn va texnik jihati

Kompaniya mazkur Pro versiyasida oʻziga xos brending qilganda oʻxshaydi: smartfon odatdagidan sal qalinroq, “Professional fotografiya” yuqori chetida, “Ekstremal tasavvur” esa orqa kamera qatorining ostida joylashgan.

Aslida, bir qarashda, smartfon Vivo telefonlari umumiy dizaynida unchalik farq qilmaydigan bir xil 6,78 dyuymli AMOLED ekraniga ega. Faqatgina ikkala oʻlchamlari (2800 x 1260) va maksimal yorqinligi (1300 nits) biroz pasaygan.

Shuningdek, Vivo X90 Proni simsiz quvvat oldirish mumkin va eng muhimi, smartfon rasmiy IP68 himoyasi bilan taʼminlangan.

Smartfonning ichki xususiyatlari haqida davom ettirar ekanmiz, Vivo avvalgi modellarda uchraydigan Snapdragon 8 Gen 1 protsessorini yuqori samaradorlik va batareya quvvatini taʼminlash uchun moʻljallangan MediaTek Dimensity 9200 protsessoriga almashtirishga qaror qilgan. Bu bir tarafdan qiziq, chunki X90 Pro+ Snapdragon 8 Gen 2 chipsetiga ega va aslida mantiqan X90 Pro X80 Proning davomi boʻlishi kerak, biroq endi u X80ning liniyasiga oʻtib qolgan. 

Telefon sigʻimi va xotirasi 8 GB RAM va 256 GB xotiradan boshlanadi, ammo boshqa variantlarida 12 GB RAM yoki 512 GB xotira bilan taqdim etilgan.

X90 Pro ustunlik taraflaridan biri — bu uning kamerasi.

Vivo X90 Pro: kamera xususiyatlari

Bu Sony IMX989 — 1 (13,1 x 9,8 mm) sensordan foydalanadigan birinchi Vivo telefonidir, bunday xususiyatni biz Xiaomi 12S Ultra va Xiaomi 13 Proda ham koʻrgan edik. Kattaroq sensor 50 megapikselli keng burchakli kamerani (23 mm ekvivalenti) yanada qiziqarli qiladi, unga f/1,8 diafragma, optik tasvir barqarorligi, ikki pikselli va lazerli avtofokus hamda yorugʻlikni yaxshiroq suratga olish uchun kattaroq 1,6 mikron oʻlchami yordam beradi. Odatdagi rejimda kamera 12,5 megapikselda 4-in-1 pikselli tartibda suratga oladi va alohida yuqori aniqlikdagi rejim uchun toʻliq piksellar sonini saqlanib qoladi.

Portret rejimida olingan tasvir
Portret rejimida olingan tasvir

Bundan tashqari, tashqi tomondan keng kamerani qoplaydigan T * qoplamasida oʻzini namoyon qiladigan Zeiss “otpechatkasi” mavjud. Shuni taʼkidlash kerakki, ushbu qamrov xuddi X80 Proda boʻlgani kabi Pro+ dagi barcha kameralar majmuasini qamrab oladi.

Vivoga kelsak, u tasvirni protsessorini turli yoʻllar bilan yaxshilash uchun yangi V2 Imaging chipiga ega. Bu asosan yorugʻlik past boʻlgan muhit va tungi suratga olishda qoʻl keladi.

Vivo X90 Pro: dasturiy taʼminot xususiyatlari

Zeiss Natural Color har bir fotosuratda yanada real ranglar yaratadi. Uning qanchalik samarali ekanini ilovada Zeissni oʻchirgan holda tasvirga olib koʻrib bilishingiz mumkin.

Vivo X90 Proda oldingi Vivo smartfonlari rejimlari bor, faqat yulduzlarni suratga olish imkonini beruvchi Astro rejimi yaxshilangani aytilmoqda. Shuningdek, harakatlanayotgan obyektlarni tasvirga olishga moʻljallangan sport rejimi ham yaxshi chiqqan.
Portret rejimlari
Portret rejimlari

Texnik jihatdan kamera tizimi keng imkoniyatlarga ega, bunda bir xil suratga olishning bir nechta usullarini koʻrish mumkin. Vivo tezlik va samaradorlikni taʼminlaydi, bu telefon oʻzidan oldingilariga qaraganda tezroq fokuslanishi va suratga olishi aniq boʻlib, V2 chipi sezilarli oʻzgarishlar kiritganini tasdiqlaydi.

O‘rnini bosuvchi variantlar bormi?

Vivo X90 Proni oʻrnini bosuvchi variant deganda, biz oldinroq funksiyalarini batafsil koʻrib chiqqanimiz — Xiaomi 13 Pro koʻz oldimizga keldi. Agar siz kuchliroq kameralar toʻplamini, jumladan, qoʻshimcha diapazon uchun qoʻshimcha teleobyektiv linzalarini olishni istasangiz, Vivo X90 Pro+ ni ham sinab koʻrishingiz mumkin.

Shuningdek, har tomonlama xaridorlar eʼtirofiga erishayotgan Samsung Galaxy S23 Ultra ham qimmatroq, biroq arzirli tanlov boʻlishi mumkin.

Biz shuningdek, mazkur flagmanga yaxshi raqib sifatida Google Pixel 7 Pro va OnePlus 11ni ham aytib oʻtishimiz mumkin. 

Va albatta, bu oʻrinda iPhone 14 Pro va Pro Maxʼni esdan chiqarish yaramaydi.

Sotib olishga arziydimi?

Albatta, ha. Chunki mazkur smartfon boshqa shu turdagilar taqdim qilishi mumkin boʻlgan deyarli barcha funksiyalarga ega (hattoki koʻproq). Siz hattoki oldingi X70 Pro yoki boshqa versiyalaridan foydalanib koʻrishingiz ham mumkin — ularning narxi modeliga qarab 1000 dollar atrofida baholanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 16 Pro Max kameralari solishtirildi
Ikkala smartfonda ham hali kamchiliklar mavjud
Smartfon
28 yanvar, 15:31
DeepSeek: ChatGPT va boshqa raqobatchilardan qanday farq qiladi?
DeepSeek AQShda katta e’tiborga sazovor bo‘ldi. The New York Times gazetasining texnologiya bo‘yicha muxbiri DeepSeek ilovasini imkoniyatlarini sinab ko‘rdi. Tajriba davomida u bu chat-botning kuchli tomonlari hamda kamchiliklarini aniqladi.
AI
28 yanvar, 14:29
Galaxy S25 Ultra va iPhone 16 Pro Max solishtirish: Samsung Apple’ni ortda qoldirdi
Samsung Galaxy S25 Ultra 3DMark Steel Nomad Light testida iPhone 16 Pro Max’dan aniq yuqori natijalarni qayd etdi.
Smartfon
27 yanvar, 14:51
Xitoyning DeepSeek AI-startapi App Store’da ChatGPTni ortda qoldirdi
DeepSeek R1 ning chiqishi AQShning texnologiyalar sohasidagi yetakchiligi shubha ostiga qo‘ydi
AI
27 yanvar, 14:39