Yangi smartfonlar eskilarining kushandasimi? Taniqli brendlarning moliyaviy va texnik “ayyorliklari”

Vaqt oʻtishi bilan smartfonlar qiymati tushishi haqidagi gaplar qanchalik haqiqat? Rostdan ham Apple har bir yangi modelidan soʻng “eskilari” protsessorini kuchsizlantiradimi? Mazkur maqolada shuni aniqlaymiz.

Siz yangi smartfon xarid qilganingizda, ular quyidagi model qatoriga qarab narxi quyidagicha arzonlashadi: 

birinchi yilda,

  • HTC — 53,08% 
  • Motorola — 42,57% 
  • Sony — 39,51%
  • iPhone — 22,35%
  • LG — 26,46%
  • Nokia — 33,46%. 

Xarid qilinganidan ikki yil oʻtgach, Android qurilmalari narxi oʻrtacha 61,5% ga, iPhone esa 35,7% ga arzonlashdi. Toʻrt yil ichida flagman Android qurilmasi 81,11 foizga, iPhone esa 66,43 foizga arzonlashgan.

Koʻrib turganingizdek, smartfon taqdim qilinganidan soʻng vaqt oʻtishiga qarab arzonlasha boradi. Uni yangilamoqchi yoki sotmoqchi boʻlsangiz, buni hisobga olishga majbursiz. 

“Biz hech kimni xafa qilmaymiz”

Mobile Research Group tahlilchisi Eldar Murtazinning soʻzlariga koʻra, bu kabi narxlarning vaqtga nisbatan tushishi “kompaniyalarning turli strategiyalari” bilan bogʻliq. Yaʼni turli moliyaviy darajadagi mijozlarni koʻproq qamrab olish maqsadida kompaniyalar yangi flagmanlari narxlarini “hamyonbop” qila boshlaydi. 

Bunday mijozlar piramidasining eng yuqorisida “yangi relizlar shaydolari” — taqdimot boʻlishi zahotiyoq yangi smartfonni sotib olishga intiluvchilar turadi. Undan soʻng taqdimotdan biroz vaqt oʻtib eski modelni yangilashni istaydiganlar va keyingi oʻrinda esa, 15- 20% narx tushganda yoki turli skidka/aksiyalar orqali gadjet sotib oladigan isteʼmolchilar turadi. 

Shunday qilib, bitta mahsulot 3 xil turdagi sotib olish qobiliyatiga ega mijozlarga yetkaziladi, “hech kim xafa qilinmaydi”. 

Oʻzbekiston smartfonlar bozorini oladigan boʻlsak, anʼanaviy ravishda xaridorlar Apple, Samsung va Xiaomi brendidagi gadjetlarni koʻproq soʻrashadi. Statistikaga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekistonga taxminan 2,9 mln dona smartfon import qilingan.

“Biz shunchaki mijozlarimizga qulaylik yaratamiz” — Apple eski modellar ishlashini sekinlashtiradimi?

Yangi relizdan keyin eski modellarning eskirishiga kelsak, mish-mishlar allaqachon isbotini topgan. Misol uchun, 2018-yilda Apple va Samsung kompaniyalari ilk bor aynan shunday ayb bilan jarimaga tortilgan. Har ikki texnika magnatlari Italiyada 10,5 va 5,29 mln dollardan jarima toʻlagan.

Mish-mishlarning isbotlanishiga Reddit foydalanuvchilari bor-yoʻgʻi xizmat muddatida farq qiluvchi mutlaqo bir xil smartfonlar protsessorning har xil soat tezligiga ega ekanligini aniqlashgani sabab boʻlgan. 

Shunday qilib, mojaro avj olganidan keyin Apple muddati jihatidan “eskiroq” boʻlgan iOS versiyalarida uning akkumulyatori holatiga qarab qurilma tezligini pasaytiradigan algoritm mavjudligini tan oldi.

Hammasiga sovuq ob-havo aybdor…

Maʼlum boʻlishicha, nafaqat batareyaning zaryadi/kuchlanishi, balki atrof-muhit harorati ham hisobga olinar ekan. Ob-havo/smartfon atrofi qancha sovuq boʻlsa, Apple iPhoneʼni shunchalik sekinlashtiradi. Bu qurilmani tasodifiy oʻchirib qoʻymaslik uchun amalga oshiriladi. Apple 2017-yilda maʼlum qilgan mazkur holatga koʻra, aynan shu tufayli eski modellar quvvati uzoqroq vaqtga chidar ekan.

Bu haqida Apple quyidagilarni keltirib oʻtgan:

Bizning maqsadimiz mijozlarimizga eng yaxshi xizmatni taqdim etishdir. Mazkur holat qurilmalarning umumiy ishlashi davomiyligiga ijobiy taʼsir qiladi. Litiy-ionli batareyalar sovuq muhitda, kam zaryadlangan yoki ancha muddat oldin chiqarilgan boʻlsa, yuqori tok oqimiga dosh bera olmaydi. Bu uning elektron komponentlarini himoya qilish uchun favqulodda vaziyatda qurilmani oʻchirib qoʻyishiga olib kelishi mumkin.
Biz ilgari iPhone 6, iPhone 6S va iPhone SE uchun yangilangan iOS chiqargan edik, u tasodifiy oʻchirish muammosini hal qiladi. Kelgusida boshqa smartfonlarda ham xuddi shunday qilishni rejalashtirmoqdamiz.

“Eski” modellarning sekinlashuvini bartaraf qilishning yagona yechimi —batareyani almashtirishdir.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04