Yandex Eats Oʻzbekiston bozoriga kirib keldi

“Яндекс.Еда“ Oʻzbekistonda Yandex Eats nomi bilan ishga tushdi. Yangi xizmatdan hoziroq foydalanishingiz mumkin.

Qiziq tarafi, yetkazib berish vaqtini ham belgilash mumkin. Misol uchun, bugun 18:00 ga yetkazib berishni hozirdan buyurtma bersangiz bo‘ladi.

Hozirda yetkazib berish bepul.

Toʻlovni karta yoki naqd pulda toʻlashingiz mumkin.

Ayni paytda xizmat orqali 250 dan ortiq restoranlar, jumladan FeedUp, Bon!, Oqtepa Lavash, Yaponamama va boshqalardan buyurtma berishingiz mumkin,  ma’lum qilgan jurnalist Temurmalik Ermatov o‘z blogida.

Yandex Eats yana bir yaxshi tarafi — unda ichimliklar, gullar, sovgʻalarga ham buyurtma berishingiz mumkin (The Loaf, EcoVkuz, GOODVEEN Flowers House, Red Dragon, Hobby Games va boshqalar). Bu roʻyxat kengayib bormoqda.

Buyurtmani murojaatingiz qabul qilinganidan boshlab oʻrtacha 30 daqiqa kutasiz.

Buyurtmalar hamkor logistika xizmatlari kuryerlari va restoranlarning shaxsiy kuryerlari tomonidan yetkaziladi.

Kompaniyaning aytishicha, ular oʻzbek bozorida katta imkoniyatlarni koʻrmoqda, chunki bu yerda restoran biznesi yaxshi rivojlangan, biroq yetkazib berish borasida hamkor xizmatlarga talab yuqori.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44