Tesla haydovchisiz boshqariladigan Model S avtohalokatida aybsiz deb topildi
Jabrlanuvchi avtohalokatda xavfsizlik yostiqchalarining dasturiy taʼminoti va dizaynidagi kamchiliklarni daʼvo qilib, 3 million dollardan koʻproq tovon talab qilib Tesla Model Sʼning avtopilotini sudga bergan edi.
Tesla 2019-yildagi avtohalokatda avtopiloti ustidan olib borilgan sudda yutib chiqdi.
Jastin Xsu 2020-yilda haydovchisiz boshqariladigan Tesla Model S Los-Anjeles shahar koʻchalarining markaziy chizigʻiga qarab burilib ketgan va baxtsiz hodisa natijasida uning jagʻi singan, bir nechta tishlarini yoʻqotgan va asab tizimiga qisman zarar yetgan.
Biroq Tesla avariya uchun javobgarlikni rad etib, kompaniya shahar koʻchalarida avtopilotdan foydalanish mumkin boʻlgan oqibatlar haqida ogohlantirilganini aytdi. Kaliforniya sudi mashinaning haydovchisiz rejimi tufayli Xsuga hech qanday zarar yetmaganini aytib avtopilotni aybsiz deb eʼlon qildi.
Sud qaroriga koʻra, kompaniya haydovchisiz rejim haqidagi maʼlumotlarni qasddan oshkor qilmagani xato va bu holat “qonuniy jihatdan majburiy” boʻlmaydi, lekin kelgusida qonunchilik haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarga oid ishlarni yaxshiroq oʻrganishiga taʼsir qiladi.
Ma’lumot uchun, Tesla’ning haydovchisiz boshqariladigan elektromobillari atrofida turli ma’lumotlar tarqalgan. Misol uchun, Dawn Project kompaniyasi Tesla haydovchisiz boshqariladigan mashinasiga qarshi anti reklama taqdim qilgandi.
Avvalroq Bill Geyts oʻz hayotini haydovchisiz boshqariladigan avtomobilga ishonib topshirgandi.