Oʻzbekistonda BMW mashinasi ikkita iPhone narxida sotilmoqda

Mutlaqo yaxshi holatdagi BMW E28 mashinasini sotib olishingiz uchun bor-yoʻgʻi 2 ta iPhone 13 Pro Max bahridan kechsangiz kifoya.

OLX onlayn platformasiga noodatiy avtomobil sotuvi haqidagi eʼlon joylandi. Eʼlonda 129 ot kuchiga ega 2,2 litrli dvigatel bilan jihozlangan BMW E28 avtomobili sotilishi maʼlum qilingan.

Avtomobil egasining taʼkidlashicha, avtomobilning maksimal tezligi soatiga 183 km ni tashkil qiladi, ammo bu koʻrsatkichlar hozirda ancha past boʻlishi mumkin, chunki avtomobil 1989-yilda chiqarilgan.

Xabarda avtomobilning yurgan masofasi haqida maʼlumot berilmagan. Ammo, fotosuratlarga qaraganda, mashina 34 yoshni urib qoʻygan boʻlishiga qaramay, ahvoli ancha yaxshi.

Mazkur mashina uchun egasi 2 000$ soʻramoqda, bu pulga Oʻzbekistonda Tico yoki ikkita iPhone 13 Pro Max xarid qilish mumkin.

Giglink.uz oldinroq Oʻzbekistonga hamyonbop va ixcham Cherry elektromobili keltirilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04