Oʻzbekistonga hamyonbop va ixcham Cherry elektromobili keltirildi

Cherry QQ noodatiy ko‘rinishga ega elektromobili tafsilotlari va yurtimizga olib kelish harajatlari bilan hisoblaganda narxlari haqida batafsil:

Ijtimoiy tarmoqlarda “kakkucha” deb ataladigan hamyonbop Chery QQ elektromobilining videosi muhokama qilinmoqda.

Mashina qutisimon dizayni va kichik hajmi bilan noodatiy koʻrinadi. Bundan tashqari, elektromobil shahar ichida harakatlanish uchun juda qulay. Hajmi jihatidan Tico va Matizʼning oʻrtacha varianti.

Chery QQ saloniga nazar tashlaydigan boʻlsak, oʻtkazgichdan boshlab, multimedia sensorli ekranigacha zamonaviy jihozlangan. Sig‘imi: haydovchi bilan hisoblaganda katta yoshli 2 kishi va orqa o‘rindiqlariga yosh bolalarni olib yurish mumkin.

QQ 27 ot kuchiga ega elektromotori bor va maksimal tezligi 100 km/soat, quvvat zaxirasi esa 120 dan 170 km/soatgacha yetadi.

Narxi, Oʻzbekistonga keltirish xarajatlari bilan hisoblaganda 15 ming dollarga baholanmoqda.

Shuningdek yaqinda Toshkent shahrida mukammal jihozlangan Amerikaning Chevrolet Spark avtomobili hamyonbop narxda sotilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04