2023-yilning kutilayotgan eng yaxshi portativ o‘yin konsollaridan biri: Sony Q Lite

Sony PlayStation Q Lite portativ oʻyin konsoli PS5ga ulanib ishlatiladi hamda oʻyinlar Remote Play orqali boshqariladi. Eng muhim ustunligi esa, katta ekran va asosiy DualSense texnologiyasiga egaligida.

Sony mutlaqo yangi PlayStation ishlab chiqayotgani va u PS5 Prodan ham oldin taqdim etilishi haqida xabar bergan edik. 

Ayni kunlarda jurnalist va insayder Jef Grab hamda Tom Xenderson rasmiy taqdimoti tobora yaqinlashayotgan kelayotgan Sony portativ pristavkalari haqida maʼlumotlarni oshkor qilishda davom etmoqda. Xendersonning soʻzlariga koʻra, loyiha PS Vita yoki Steam Deck’ka toʻgʻridan-toʻgʻri raqobatchi boʻlolmaydi.

Baʼzi mish-mishlarga koʻra, yangi PlayStation konsoli qanday nomlanmasin, bulutli konsol boʻlolmaydi. Lekin bu hozircha noma’lum — chunki Sony PlayStation 5da bulutli xotiraga bo‘lgan. Bundan tashqari, u umuman mustaqil qurilma emas deyilmoqda:  Q Lite oʻyinlarni Remote Play funksiyasi orqali boshqara oladi, yaʼni uning ishlashi uchun PlayStation 5 kerak boʻladi.

Pristavka uyali modemga ega boʻladimi yoki yoʻqmi, aniq emas. Aks holda, bu undan foydalanish imkoniyatlarinj yanada cheklaydi. Xenderson, shuningdek, qurilma 60 kadr tezlikda Full HD piksellar sonini olishga qaratilganini aytmoqda. Tashqi tomondan, prototiplar Dualsense kontrolleriga juda oʻxshash, ammo kattaroq ekranga ega. Yuqoridagi rasmda siz Henderson tavsifiga koʻra yaratilgan konsepsiyani koʻrishingiz mumkin.

Prototip konsoli juda katta sakkiz dyuymli ekran bilan jihozlangan. Konsol shuningdek, asosiy DualSense texnologiyalariga ega: moslashuvchan triggerlar va puxta ishlaydigan qayta aloqa tizimi bor.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44