Saudiya Arabistoni dunyo oʻyin sanoatining markaziga aylanmoqchi — mamlakatda ulkan markaz barpo etiladi
Oʻyin sanoatining yuragiga aylanish va barcha eng zoʻr mutaxassislarni ohanrabodek jalb qilish maqsadida mamlakatda ulkan ekotizim barpo qilinadi. Buning uchun davlat 38 milliiard sarmoya kiritmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni kunlarda Saudiya Arabistoni mamlakatda oʻyin sanoatini rivojlantirish bilan jiddiy shugʻullanmoqchi (Bloomberg). Sarmoya geymdevlar (game developer — oʻyin ishlab chiquvchi) va shu sohaning boshqa vakillarini jalb qilish uchun oʻziga xos markaz barpo etish maqsadida ajratiladi
Oʻyin sanoatiga oʻtish Saudiya Arabistoni uchun neftdan anchayin uzoq boʻlgan sohaga iqtisodiyotni yoʻnaltirishning bir usuli boʻladi. Ayni paytda mamlakat video oʻyinlarning global rivojlanishida deyarli ishtirok etmaydi — koʻp milliard dollarlik investitsiyalar esa aynan shuni oʻzgartirishi kerak.
Savvy kompaniyasi bosh direktori Brayan Uordning soʻzlariga koʻra, uzoq muddatli rejalardan maqsad — geymdevlar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodni tanlab, oʻz bizneslarini yuritishlari va uni sayyoramizning boshqa joylaridan afzal koʻrishlaridir.
Kibersportga ixtisoslashgan Savy investitsiya fondi endilikda oʻz qamrovini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Fond yetarlicha moliyalashtirilgan boʻlib, 2022-yilda kompaniya kibersport giganti hisoblangan ESLʼni 1,5 milliard dollarga sotib olgan edi.