Bill Geytsning maktab haqidagi fikrini oʻzgartirgan oʻqituvchi

Khan akademiyasi bosh direktori Sal Xon bilan boʻlgan suhbatda, Geyts bir paytlar oʻqishga qiziqmagani, maktabni zerikarli deb oʻylaganini aytdi.

cnbc.com

“Ayniqsa matematika darsida zerikardim” deydi 67 yoshli Geyts. “Bir marta 8-sinf oʻqituvchim menga: “Nega buncha dangasasan” deganida, “Oʻzingiz ham sezib turibsiz-ku — biz hech qanday qiziq ish qilmayapmiz”, deb javob qaytargandim”.

“Mening nazdimda, mashgʻulotlar qanchalik kam harakat boʻlsa, u shuncha zerikarli boʻladi va keyinchalik, oʻylab qarasam, bahona boʻlgan ekan”, qoʻshimcha qildi Geyts.

Ammo Geytsdagi aniq fanlar va iqtisodga boʻlgan salohiyatni sezgan oʻqituvchisi unga oʻz taʼlimiga nisbatan koʻproq kuch va gʻayrat bilan yondashishi uchun imkoniyatlar ochib berdi.

“Oʻqituvchim meni vaqtimni behuda sarflayapman, deb oʻylashimni tushungandi va meni taʼlimga boʻlgan qarashimni oʻzgartirdi. Oʻqishim uchun kitoblar berardi va oʻz imkoniyatlarimni koʻra olishimda turtki boʻldi”, dedi Geyts.

Yale universitetining 2020-yilgi tadqiqoti, oʻsmirlarning 75% ga yaqini darsda zerikishi ulardagi stress va charchoq hamda salbiy dunyoqarashini kengaytirishga olib kelishini aniqladi. Brayant universiteti professori Maykl Roberto 2021-yilgi Garvard Biznes maktabi blog postida oʻqituvchilar darslarni samaraliroq oʻtkazish orqali talabalarning faolligini oshirishlari mumkinligi haqida shunday yozadi:

“Sinfdagi juda passiv mashgʻulot boʻlgan uzoq maʼruzalardan saqlaning va oʻrniga talabalarni jalb qiladigan mashgʻulotlarni tanlang”. Guruh boʻlib ishlash ham odamlarning eʼtiborini jalb qilishning ajoyib usuli ekanligini ham aytib oʻtdi.

Geyts oʻrta maktabda matematika va dasturlash koʻnikmalarini rivojlantirishni davom ettirdi. 1975-yilda Garvard universitetini tashlab, Microsoft kompaniyasiga asos soldi.

Bill Geytsning shu kunlarda olib borayotgan xayriya saʼy-harakatlarining katta qismi, butun dunyoda va asosan AQSHda bolalar uchun taʼlim olish hamda taʼlim sifatini oshirish bilan bogʻliq.

Yaqin kelajakda sunʼiy intellekt, Geytsning sakkizinchi sinf oʻqituvchisi kabi oʻquvchilarning taʼlimga nisbatan imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalana olishlari uchun turtki boʻladi.

“Menimcha sunʼiy intellekt oʻquvchi yozgan inshoni toʻgʻri baholay oladigan ajoyib oʻrta maktab oʻqituvchisiga oʻxshaydi, va uning yordamida oʻsmir-yoshlarda ilm olish borasida zarur turtkini beradi”, dedi Geyts.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47