Ilon Mask Tesla Cybertruck yetkazib berish qachon boshlanishini eʼlon qildi
Tesla Cybertruck — bu Teslaning eng kutilgan va eng kechiktirilayotgan mahsulotlaridan biri. Nihoyat Tesla 2023-yil 1-chorak moliyaviy natijalari bilan birga Cybertruck ishlab chiqarilish sanasini ma’lum qildi.
Ilon Mask Tesla kompaniyasi “uchinchi chorak oxirida” Tesla Cybertruck yetkazib berish tadbirini oʻtkazishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi.
Kompaniya zirhli mashinalarini nihoyat yaqin oylarda ishlab chiqarishga kirishadi. Shunday qilib, Tesla Cybertruckʼning birinchi yetkazib berilishi taxminan 2023-yilning sentyabrida boshlanadi.
Tesla Cybertruck yetkazib berish tadbirida nimalar kutilyapti?
Cybertrucks yetkazib berish tadbirida Tesla insayderlariga ilk modellar yetkazib beriladi va katta ehtimol bilan, ommaviy ishlab chiqarish tadbirdan keyin bir necha oy oʻtib boshlanadi.
Qizigʻi shundaki, Mask, shuningdek, bron qilingan Cybertrucks egalarini uchinchi chorak oxiridagi tadbirda texnik xususiyatlar va narxlar boʻyicha oʻzgarishlar kutayotganini aytdi.
Tesla Cybertruckʼni toʻrt yil oldin, 2019-yilda taqdim etgan edi va oʻshandan beri elektr pikap sezilarli o‘zgardi.
Ma’lumot uchun, 2 yildan beri kutilayotgan koʻpburchakli pikap yoz oylarida sotuvga chiqarilgandi. O‘shanda Cybertruck narxi 39 990 dollardan (~455 million so‘m) boshlanib, top versiyasi esa 69 990 dollarga (~798 million so‘m) baholangan.
Shunday bo‘lsada, tankmobil uzoq vaqt sinovdan o‘tkazilib kelingan.