Tesla tugamaydigan Cybertruck krash-testini namoyish qildi

Bir oy oldin The Verge nashri bosh muharriri Nilay Patel, namoyish qilingan Cybertruck oyna tozalagichining oʻlchami ustidan hajviya qilib: “Bu ulkan oyna tozalagich yon oynalarni tozalash uchun yetarlicha katta emas. Menimcha uni yanayam uzunroq qilish kerak”, degandi.

Aslini olganda, Nilay mashinaning uzun oyna tozalagichi bir marta harakat bilan butun old oynani qamrab olishi mumkin, biroq u juda tez sinadi, demoqchi boʻlgan.

Bunga oʻziga xos javob tarzda, Tesla kompaniyasi 1-aprel kuni Cybertruck toʻqnashuv testidan video joyladi. Videoda mashina toʻqnashishi kerak boʻlgan ustunga tegmaydi va borib kelaveradi. Xuddi oyna artkichi kabi krash-test ham oxirigacha bormaydi.

Avvalroq, Tesla Cybertruck sinovdan o‘tkazish boshlangani va 2 yildan beri kutilayotgan koʻpburchakli pikap yoz oylarida sotuvga chiqishi haqida xabar bergandik. Yangi elektromobil narxi pozitsiyalariga qarab turlicha bo‘ladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04