YouTube Music’da individual mikslar yaratish funksiyasi paydo bo‘ldi

Endi YouTube Music foydalanuvchilari muayyan ijrochilar asosida maxsus radiostansiya yaratish va qaysi qoʻshiqlarni ijro etishini belgilovchi algoritmni sozlashi mumkin.

The Verge

“Radio Builder” deb nomlangan funksiya seshanba kuni ishga tushdi va unga iOS yoki Android ilovalaridagi YouTube Music bosh sahifasining “Musiqa tyuneringiz” boʻlimiga oʻtish orqali kirish mumkin.

Shaxsiy miksingizni yaratishda siz 30 tagacha ijrochini tanlashingiz va faqat ularni musiqasini tinglashni yoki ularga oʻxshash musiqachilarning qoʻshiqlarini qoʻshishni tanlashingiz mumkin. Shuningdek, siz tanlagan filtrlar boʻyicha mikslar yaratib beriladi.

 Radio Builder oʻrnatish jarayonini koʻrsatadigan video.

YouTube bu xususiyatni oʻtgan yili sinovdan oʻtkaza boshlagan edi va u oʻziga qoʻyilgan vazifalarni yaxshi bajarmoqda. YouTube Music’da allaqachon algoritmga asoslangan koʻplab radiostansiyalar va mikslar mavjud boʻlsa-da, aynan oʻzingiz yuritishingiz mumkin boʻlgan individual mikslarni tayyorlab berishi oʻziga xos va qulay hamda yaxshigina vaqtingizni tejashga yordam beradi.

Eng quvonarli jihati shundaki, ushbu funksiya YouTube Musicʼning bepul versiyasida ham mavjud.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Windowsda Copilot orqali Android-smartfonlarni boshqarish imkoniyati paydo boʻldi
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun qurilma kompyuter bilan sinxronizatsiya qilinishi kerak.
Texnologiya
04 iyul, 16:25
Samsung Galaxy S25+ flagman modelidan voz kechdi: nega va qanday o‘zgartirishlar kutilyapti?
Bu qaror xaridorlarni qimmatroq Ultra modelini sotib olishga undash uchun qilingan bo‘lishi mumkin.
Smartfon
04 iyul, 12:30
Apple kompaniyasining afsonaviy dizayneri Joni Ive Stiv Djobs bilan ishlaganini eslaydi: uning hayotidagi eng baxtli 15 yil
Ser Joni Ive Apple kompaniyasining sobiq bosh dizayneri bo‘lib, U kompaniyaga 25 yoshida kelgan. Macbook, iPhone, iPad, Apple Watch, AirPods kabi qurilmalar dizaynida ishlagan.
Lifestyle
03 iyul, 16:51
Zamonaviy flagman smartfonlarining puliga arzimasligining 7 sababi
Zamonaviy flagman smartfonlar ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, ularning yuqori narxi, murakkab ta'mirlash jarayoni va tez eskirishi kabi kamchiliklari ham bor.
Smartfon
03 iyul, 11:20