Xiaomi Smart Band 7: nega aynan bu fitnes-trekerni xarid qilishingiz kerak?

Smartfoningizga kelgan xabarlardan doimo ogohlantirib turuvchi zamonaviy aksessuar istasangiz, Xiaomi Mi Band 7 eng optimal tanlov, hozirda u Xiaomi Smart Band 7 ko’rinishida taqdim qilingan. Ham narx, ham qulaylik bo'yicha hozirda unga teng keladigani yo’q.

Mi Band 7 yurak urish tezligini va qondagi kislorod darajasini aniqlaydi, umumiy fitnesni boshqarishga yordam beradigan ko'plab funksiyalarga ega.

Xiaomi Mi Band 7 hozirda Xiaomi Smart Band 7 ko’rinishida taqdim qilingan. Ya’ni bu ikkisining deyarli farqi yo’q, ikkinchisi yangilangan versiya hisoblanadi.

Asosiy afzalligi

  • Personal Activity Intelligence – individual fitnes faoliyatini kuzatadi.
  • Uyquni kuzatish funksiyasi uyqu sifatini aniqlaydi.
  • Yurak ishlashi va qondagi kislorod miqdorini aniqlaydi.

Xususiyatlari:

  • Brend nomi: Xiaomi
  • Yurak urish tezligi monitori: Bor
  • Rangli ekran: bor
  • Bildirishnomalar (notifacations): Bor
  • Batareya chidamliligi: 14 kun
  • Integratsiya: Zepp Life, Mi Fitness
  • Displey: 1,62 dyuymli AMOLED displey
  • Datchik: qon kislorodi, yurak urish tezligi
  • Suvga chidamliligi: 5 ATM
  • O'lchamlari (g'ilof): 46,5x20,7x12,25 mm
  • Qora rangda
  • Mobil to'lovlar: WeChat Pay, Alipay
  • Mashqni aniqlash: Bor
  • Mashg'ulot rejimlari: 100 dan ortiq mashqlar

“Raspakovka”

Xiaomi Smart Band 7 kichik, minimalistik qutida keladi. To’plamga fitnes-treker, qora rangli brasleti va uning magnitli zaryadlash shnuri kiradi. Tasma dizayni va rangi bo’yicha istalgan turdagi assortimentni do’konlardan topishingiz mumkin.

Fitnes-trekerni quvvatlanayotganda birinchi marta yoqsangiz, trekerning old tomonida QR kodini ko'rasiz. Interfeys xitoy tilida boshlanadi, lekin uni telefoningizga ulaganingizdan so'ng u avtomatik ravishda telefoningiz tiliga qaytadi.

Xiaomi’ning fitnes-trekerlari ilk modeli taqdim etilganidan beri yillar davomida dizayn jihatidan deyarli o’zgarmagan. Foydalanish uchun qulay bo’lgan mazkur trekerlar ko’rinishi jihatidan ham istalgan uslubga mos kelaveradi. Muhimi, fitnes-trekerning funksiyalari. Yangi Xiaomi Smart Band 7 oldingi Mi Band 6 ga yangi xususiyatlarni qo'shib, minimal oshirilgan qiymatga ega yangilangan model hisoblanadi.

Xiaomi Smart Band 7 oldingi modellarga nisbatan yupqaroq, eniga esa sal kengaytirilgan. Mazkur modelda kattaroq 1,62 dyuymli AMOLED sensorli displeyi joylashtirilgani uchun o‘lchami o’zgargan va u endi ishlashga oson, displeyiga qarash qulaylashgan. Vidjetlardan foydalanish, ekran bo’ylab barmoq harakatlari uchun kattaroq ekran ayni muddao.

Soat 5 ta ichki dizaynga ega ularni trekerni ichidan tanlashingiz mumkin agar yana ham ko’proq variant istasangiz, Zepp Life ilovasiga o‘tib, 100 dan ortiq dizaynlardan birini tanlashingiz mumkin. Ushbu dizaynlar vaqti-vaqti bilan yangilanib boradi.

Smart Band 7 magnit zaryadlash usuliga ega bo’lib bir marta quvvatlanganidan so’ng 14 kungacha ishlaydi va umumiy quvvatlanish vaqti 2 soatdan kamni tashkil qiladi.

Xiaomi Smart Band 7 ga qo'shgan yana bir yangi xususiyat - bu doimiy yoniq turuvchi displey. Agar siz ushbu parametrni faollashtirsangiz, ekran minimalistik ko'rinishga ega bo'lsa-da, yoniq qoladi. Bunda batareya quvvati ko’proq sarflanishi mumkin, lekin siz doimiy vaqtga qarashga o’rganib qolgan bo’lsangiz, u holda mazkur funksiya aynan siz uchun. 

Xiaomi Smart Band 7: bildirishnomalar, aloqa va boshqa xususiyatlar

Xiaomi Smart Band 7 nafaqat fitnes-treker, balki aqlli qurilma hamdir. U Android yoki iOS telefoningizga Bluetooth 5.2 BLE orqali ulanadi, telefoningizga kelib turgan bildirishnomalardan xabardor qiladi va hatto xabarlarga tez javob berish imkoniyatini ham beradi.

Fitnes-treker vaqtining funksiyalari

  • Dunyo vaqti – siz qurilmaga Zepp Life ilovasi orqali 2 xil lokatsiya bo’yicha vaqtni o’rnatishingiz mumkin. Bunda soatda 2 ta vaqt ko’rish mumkin.
  • Taymer: taymerni 1 daqiqa, 3 daqiqa, 5 daqiqa, 10 daqiqa, 15 daqiqa, 30 daqiqa, 1 soat va 2 soatlik qilib sozlashingiz mumkin. Taymer yoqilgan vaqtda trekerning boshqa funksiyalaridan foydalana olmaysiz.
  • Sekundomer: Sekundomer ilovasidan foydalanish ham oson. Sekundomerni ishga tushirish uchun Play belgisi mavjud. Sekundomer ishlayotgan bo'lsa, uni to'xtatib turish uchun "Pauza" tugmasini yoki to’xtash vaqtini hisoblash uchun "+" belgisini bosishingiz mumkin. Sekundomer ilovasini yoniq holida boshqa funksiyalardan foydalanishingiz mumkin. 
  • Budilnik: Smart Band 7 budilnik funksiyasidan foydalanish oson. Turli vaqtlarga budilnik qo’yishdan tashqari qurilmaning Smart Wake funksiyasidan foydalanishingiz ham mumkin. U bilagingizga yengil vibratsiya berish orqali sizni uyg'otadi.
  • Pomodoro taymeri: Bu, ayniqsa, uyda ishlayotgan va diqqatni jamlashni nazorat qilishi kerak bo'lganlar uchun ajoyib xususiyatdir. Pomodoro taymeri fokus vaqtini besh daqiqadan 60 minutgacha o'rnatishga imkon beradi. Shundan so'ng, fitnes-treker "Bezovta qilinmasin" rejimini yoqadi, shunda vazifalaringizga diqqat qaratishingiz mumkin. Belgilangan vaqt tugagach, u besh daqiqalik tanaffus qilish vaqti kelgani haqida xabar beradi. To'rt skildan so'ng, Pomodoro Smart Band 7 sizga 15-20 daqiqalik tanaffus qilishni taklif qiladi.

Turli messenjerlar bildirishnomalariga kelsak, WhatsApp yoki Telegramni Zepp Life ilovasi orqali qo'shishingiz kerak. Shuningdek, siz Smart Band 7 orqali xabarlarga javob berish uchun tezkor javob variantlarini yaratishingiz mumkin.

Boshqa xususiyatlari

  • Chiroq: Haqiqiy chiroq kabi yorqin bo'lmasa-da, chiroq rejimi fitnes-treker ekranidan to'liq zulmatda qayerga ketayotganingizni ko'rish uchun yetarli darajada yorug'lik chiqaradi.
  • Telefonimni top: Agar telefoningizni topa olmasangiz, Smart Band 7 telefoningizda budilnik ovozini baland qilib yoqadi.
  • Camera Remote: jamoaviy suratlar olish yoki shtativga joylangan smartfoning kamerasida rasm/video olish uchun qulay. Funksiya Zepp Life ilovasi orqali ishga tushiriladi.
  • Finance: Xiaomi Smart Band 7-dan QR-kod orqali Alipay yoki WeChat Pay’ga ulab to‘lash uchun foydalanishingiz mumkin. Afsuski, u PayPal yoki Cash App kabi boshqa mashhur to’lov turlarini qo’llab-quvvatlamaydi, shu sababli O’zbekiston uchun uning bu funksiyasini u qadar aktual db hisoblamaymiz.

Xiaomi Smart Band 7: salomatlik uchun mo’ljallangan xususiyatlari

Yurak urishini kuzatish

Smart Band 7 kun davomida yurak urish tezligini kuzatish imkonini beradi. Hatto yurak urish tezligi juda yuqori yoki juda past bo'lsa, sizni ogohlantirishi mumkin. Bundan tashqari, yurak sog'lig'i monitoringini faollashtirish ham mumkin, bunda noodatiy yurak urishini aniqlansa, fitnes-treker sizga xabar beradi.

Qonda kislorod darajasi

Smart Band 7 orqali qonning kislorod bilan toʻyinganligini kuzatishingiz va hatto qon kislorod bilan toʻyinganligini doimiy monitoringini yoqishingiz mumkin. Bundan tashqari, agar u qon kislorodining pasayishini aniqlasa, qon kislorodining kamligi haqida eslatma berishi mumkin - sog'lig'ingiz bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lsa yoki baland tog'larga chiqayotganda mazkur funksiya foydali bo'ladi.

Stress monitoringi

Ushbu fitnes-treker yordamida stress darajangizni kuzatishingiz mumkin. Bu yurak urish tezligi o'zgaruvchanligi ma'lumotlaridagi o'zgarishlarni tekshirish orqali stress darajasini hisoblab chiqadi.

Uyquni kuzatish

Xiaomi Smart Band 7 - bu ma'lum bir kechada to’yib uxlash, mizg’ish va yoki tez uyqu uchun qancha vaqt borligini ko'rish imkonini beruvchi ajoyib uyqu kuzatuvchisi. Bundan tashqari, u uyquda nafas olish sifatini tekshirishi mumkin, bu sizga uyqu apnoe kabi muammolaringiz bor-yo'qligini ko'rish imkonini beradi. Shuningdek, u sizning uyqu tartiblaringizni tahlil qiladi.

Ayollar uchun muddatni kuzatish funksiyasi ham mavjud bo’lib uni Zepp Life orqali sozlaganingizda keyingi oy ko’rish davri haqida xabar berib boradi. 

Fitnes treking

Salomatlikni kuzatish xususiyatlaridan tashqari ko’pchilik mazkur fitnes-trekerni aynan shu maqsadda xarid qiladi. 

Shaxsiy aqliy faoliyat

Xiaomi Smart Band 7 kunlik jismoniy harakatlaringizni tahlil qilish orqali Prsonal Activity Intellegense’ni aniqlaydi. Bunda fitnes-treker sarflangan kaloriyalar, bosilgan qadamlar va bir soat ichida turgan yoki faol bo'lgan daqiqalaringizni hisoblaydi.

Bu sizning qanday turmush tarzi kechirayotganingiz, kerak bo’lganda uni o’zgartirishingizga yordam beradi.

PAI

PAI shaxsiy fiziologik faollik indeksini anglatadi. Bu xususiyat Personal Activity Intelligence’ning yanada rivojlangan versiyasi bo‘lib, u yurak urish tezligi, faollik intensivligi va Smart Band 7 sensorlari tomonidan to‘plangan boshqa sog‘liq ma’lumotlarini baholaydi.

PAI sizga aniqlagan har bir mashqi uchun ball beradi, xoh u past intensivlik, xoh o‘rtacha intensivlik yoki yuqori intensivlik bo’lsin.

Jismoniy mashg’ulotlar

Tabiiyki, fitnes-treker bo’lgan Xiaomi Smart Band 7 mashg‘ulotlaringizni kuzatib boradi. Siz qurilmada ochiq havoda yugurish, velosiped haydash, yugurish yo’lagidan foydalanish, piyoda, yurish, suzish, eshkak eshish, arqondan sakrash, yoga, raqs, fitnes, futbol, ​​badminton va boshqa mashg’ulotlar uchun sozlashingiz mumkin.

Mashqlar tarixi bo‘limida siz bajarilgan mashg‘ulotlar statistikasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri trekerni o’zida ko‘rishingiz mumkin.

Zepp Life ilovasi

Xiaomi Smart Band 7 dan foydalanish uchun telefoningizga Zepp Life ilovasini oʻrnatishingiz kerak. Bu ilova fitnes-treker tomonidan toʻplangan barcha maʼlumotlarni saqlab, oldingi natijalaringizni koʻrish imkonini beradi. Bundan tashqari, siz yurish, yugurish va velosipedda harakatlaringizni ko'rishingiz mumkin, bu sizga mashg'ulotlarni qayerda qilganingiz va har bir mashg'ulot uchun statistikangizni ko'rsatib beradi.

Shuningdek, siz boshqa Xiaomi Smart Band yoki Mi Band mahsulotlaridan foydalanadigan doʻstlaringizni Zepp Life ilovasiga qoʻshishingiz mumkin, shu tariqa siz bir-biringizning jismoniy faoliyatingizni kuzatib bora olasiz.

Mi Fit ilovasidan Xiaomi Smart Band 7 uchun ham foydalanishingiz mumkin, ammo Zepp Life ilovasi anchayin yaxshi tanlov va funksionali kengroq.

Xiaomi Mi Band 6-ni yangilashingiz kerakmi?

Agar siz Xiaomi Mi Band 6 trekeridan foydalansangiz, uni Xiaomi Smart Band 7ga yangilashingiz kerakmi?

Xiaomi Smart Band 7 kattaroq ekran va uzluksiz yozib olish funksiyalari bilan biroz yaxshiroq bo’lsada, Xiaomi Mi Band 6 dan uncha katta farq qilmaydi.

Fitnes-trekerni birinchi marta xarid qilyapsizmi yoki eskisini yangilayapsizmi, Xiaomi Smart Band 7 funksiyalar va hamyonbop narx o‘rtasidagi mukammal muvozanatni saqlaydi. Agar sizda Mi Band 6 bo‘lsa va ko‘proq funksiyalarga ega bo‘lishni istasangiz, uning o‘rniga Xiaomi Smart Band 7 Pro yoki Xiaomi Watch S1 ni oling.

Fitbit o’rnini bosuvchi ajoyib va ​​hamyonbop model

Xiaomi Mi Band 7 yoki Xiaomi Smart Band 7 Fitbit’ning raqobatdosh modellaridan bir necha baravar arzon narxdagi mukammal fitnes-treker hisoblanadi. 

Biz sizga mazkur model haqida barcha ma'lumotlarni berdik, tanlov esa o'zingizda. Maqola foydali bo'lgan bo'lsa, sog'lom turmush tarziga intiluvchi do'stlaringizga ulashing. 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

BYD Seagull: Oʻzbekiston bozoridagi eng arzon Elektromobil
Elektr BYD Seagull O‘zbekistonga rasman keldi. Uning narxi 208,3 million so‘mdan boshlanadi
Avto
15 sentabr, 12:00
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42