Bill Geyts oʻz hayotini haydovchisiz boshqariladigan avtomobilga ishonib topshirdi

Microsoft asoschisi sun’iy intellekt yordamida avtomatik boshqariladigan mashinada London boʻylab sayohat qildi.

Microsoft rahbari yangi texnologiyalar ishonchliligini oʻz koʻzi bilan koʻrish uchun Buyuk Britaniya poytaxti koʻchalari boʻylab haydovchisiz transport vositasida sayr qildi. Milliarderning “maroqli sayohati” aks etgan video uning shaxsiy blogiga joylangan.

“Bu sayohat men uchun unutilmas boʻldi. Mashina bizni haydash sharoiti boʻyicha eng qiyin shaharlardan biri boʻlgan London markazidan olib oʻtdi”, — dedi u.

Geytsning soʻzlariga koʻra, “mazkur mashinadagi sayohat biroz aql bovar qilmas boʻlgan” — mashina boshqa mashinalarni avtomatik tarzda chetlab oʻtgan. Tadbirkorning tushuntirishicha, haydovchisiz boshqariladigan transportda har ehtimolga qarshi qoʻshimcha haydovchi ham boʻlgan.

“Hozirda biz haydovchiga baʼzi hollarda boshqaruvni avtomobilga topshirsa boʻladigan transportlar ishlab chiqarishimiz maqbul yoʻl, deb hisoblayman. Keyingi oʻng yillikda esa mutlaqo haydovchisiz boshqariladigan mashinalar davriga oʻtkaz boʻladi”.

Milliarder har doim mashina haydashni yaxshi koʻrganini, biroq u mashina boshqaruvini sunʼiy intellektga oʻtkazishni intiqlik bilan kutayotganini taʼkidladi. 

“Bu davrga kelganimkizda, kompyuter ofis ishini oʻzgartirganidek, dronlar ham avtomobil sanoatini keskin oʻzgartiradi”, deb xulosa qilgan u.

Avvalroq haydovchisiz elektromobil rekord natijada 1,5 million kilometr masofani bosib oʻtgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Anthropic tomonidan ishlab chiqilgan Claude AI assistenti! AI yordamchilar uchun 'hamma narsaga ulanish' davri boshlandi.
Ushbu maqola Anthropic tomonidan taqdim etilgan Model Context Protocol haqida bo‘lib, texnik bilimga ega bo‘lmagan odamlar uchun ham oddiy va tushunarli tarzda izohlangan.
AI
26 noyabr, 22:36
BYD kompaniyasi O‘zbekistonga 7 yangi avtomobil taqdim etdi. Sotuvlar 2025-yilda boshlanadi
BYD O'zbekistonga 7 ta yangi elektr va gibrid avtomobilni olib keladi — narxlari 175 milliondan 2 milliard so'mgacha
Avto
26 noyabr, 10:41
Xiaomi $100 narxdagi 4 nm protsessorli superarzon smartfon chiqardi
Xiaomi yangi Redmi A4 5G smartfonini taqdim etdi. Bu dunyodagi ilk Qualcomm Snapdragon 4s Gen 2 protsessoriga ega smartfon.
Smartfon
25 noyabr, 09:06
Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55