One — “kelajak brauzeri” ishlab chiqildi

Operaning yangi brauzeri ChatGPT va ChatSonic chatbotlaridan foydalanish uchun oʻrnatilgan yon panelga ega. Bundan tashqari, ilovaga birinchi marta “tab”larni avtomatik ravishda guruhlash funksiyasi ham kiritildi. Mazkur funksiya Chrome brauzerida ham bor boʻlib, unda faqatgina qoʻlda sozlash mumkin.

Opera yangi One brauzerining dastlabki versiyasini taqdim etdi. Brauzer 2023-yilning oxirida barcha mobil va kompyuter tizimlari uchun joriy qilinadi.

Kelajak brauzeri minimalistik dizaynga ega boʻlib, u asosiy sahifadagi boʻsh joyni kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, keyinchalik foydalanuvchi yangi funksiya va kengaytmalarni, jumladan, sunʼiy intellekt bilan ishlashda foydali boʻlgan funksiyalarni ham qoʻshishi mumkin.

Oneʼning keyingi funksiyasida foydalanuvchilar ochadigan veb-saytlarni sahifalar mazmuniga qarab guruhlash mumkin boʻladi. Masalan, bitta “orol”da ijtimoiy tarmoqlar, boshqasida tez-tez kiriladigan manbalarni joylash mumkin. Buni qoʻlda ham qilish mumkin.

Bundan tashqari, Opera Oneʼda chatbotlardan foydalanish uchun turli tipʼlardan iborat yon panel mavjud bo‘lib, u ChatGPT, ChatSonic va AI kabilardan foydalanishga mo‘ljallangan.

Eslatib oʻtamiz, kompaniya birinchi marta chatbotlardan foydalanish uchun oʻrnatilgan yon panelni mart oyida koʻrsatgandi. Yangi xususiyat — tip yaʼni maslahatlar foydalanuvchiga neyron tarmoqlardan foydalanishning turli usullarini taklif qiladi, masalan, maʼlumot qidirishni avtomatlashtirish, matn yozish va boshqalar.

Avvalroq Opera o‘z brauzeriga bepul VPN qo‘shgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44