Realme 9 daqiqada toʻliq quvvatlanadigan smartfon taqdim etdi

Yangi smartfon orqa tarafida rangli yorugʻlik, 1TB xotira va rekord darajadagi 240 Vt quvvatga ega. Birgina ilk 20% quvvatini 80 soniya ichida oladi va toʻliq zaryadlash uchun 9 daqiqa kifoya (!).

Korpusdagi yorugʻlik

Realme GT Neo5ʼning ilk koʻzga tashlanadigan oʻziga xos jihati — bu uning orqa tarafidagi indikator chirogʻi hisoblanadi. U asosiy kameralarning yon tomonida joylashgan va kamalakning barcha ranglarida (RGB orqa nuri) yonishi mumkin.

Indikator qoʻngʻiroq kelganida bir rangda, SMS-xabar kelganida esa, boshqa rangda yonadi. Svetodiod (LED) nurlari budilnik yoki taymer jiringlaganda, shuningdek, smartfonni quvvatlantirganda yonadi. Barcha GT Neo5 modellari rangi va xotirasidan qatʼiy nazar, shu turdagi chiroqlarga ega. Shaffof qopqoqcha ostidan esa Qualcomm protsessori koʻrinib turadi.

Yangi Realme smartfonining oʻziga xosligi nimada?

Indikator chirogʻi bir qarashda eʼtiborli jalb qilsa-da, Realme mazkur modeli aynan quvvatlash imkoniyati bilan “bozori yurib ketishiga” ishonmoqda. GT Neo5 240 Vt tez zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu Realme smartfonlari uchun rekord natija. Atigi 80 soniya ichida qurilma 1% dan 20% gacha quvvat oladi. Toʻliq quvvat olish uchun taxminan 9 daqiqa vaqt ketadi xolos.

Smartfonning jami ikkita versiyasi boʻladi. Birinchisi 240 Vt quvvatga ega yupqa batareya va ikkinchisi 5000 mA/soat quvvatga ega, 150 Vtgacha tez zaryadlovchi batareyalik. Yangilik ajoyib ekrani, flagman chipi va kuchli kameralari bilan ajralib turadi.

Realme flagmani 6,74 dyuymli OLED-displey (FHD+, 144 Gts, yorqinligi 1400 nit), Snapdragon 8+ Gen 1 chipi va 50+8+2 megapikselli uch kameraga ega. Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3 va 5G mavjud.

Smartfonning texnik xususiyatlari:

  • Ekran: 6,74 dyuym, 1,5 K, OLED, 144 Gts, 1400 nits, 10 bit, HDR 10+;
  • Chip: Snapdragon 8+ Gen 1;
  • Operativ xotira: LPDDR5X;
  • RAM: UFS 3.1;
  • Batareya: 4600/5000 mA/soat (tezkor zaryadlash 240/150 Vt);
  • Kameralar: asosiy 50 MP, keng burchakli 8 MP, chuqurlik datchigi 2 MP, old 16 MP;
  • Tizim: Android 13 asosidagi realme UI 4.0;
  • Aloqa turi: USB Type-C, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3, NFC, 5G.

Narxi

Smartfonning Xitoydagi nomi GT Neo5, dunyo bozoridagi nomi esa Realme GT 3. Mazkur smartfon 2023-yili, dunyodagi eng shov-shuvli texno-taqdimotlaridan biri — MWCʼdan soʻng sotuvga chiqariladi.

Qurilmaning Xitoydagi narxlari:

  • 240 Vt, 16+256 GB — 3199 ¥ (taxm. 5 mln 300 ming soʻm)
  • 240 Vt, 16 GB + 1 TB — 3499 ¥ (taxm. 5 mln 800 ming soʻm)
  • 150 Vt, 8 + 256 GB — 2499 ¥ (taxm. 4 mln 200 ming soʻmga yaqin).

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi $100 narxdagi 4 nm protsessorli superarzon smartfon chiqardi
Xiaomi yangi Redmi A4 5G smartfonini taqdim etdi. Bu dunyodagi ilk Qualcomm Snapdragon 4s Gen 2 protsessoriga ega smartfon.
Smartfon
09:06
Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22