Yangi Sony Xperia 1 V nega bunchalik qimmat?
Mish-mishlarga koʻra, telefon IV versiyasiga nisbatan mutlaqo yangilanadi, buni smartfonning reklama bannerlarida koʻrinish bergan rasmi ham tasdiqlaydi.
Avvalroq xabar berganimizdek, Sony Xperia 1 V 11-may kuni Yaponiyada rasman namoyish qilinadi.
Aytish kerakki, Sony Xperia 1 V flagman qurilma hisoblanadi. Agar oldingi Sony Xperia 1 IV 1 599 dollarga sotilganini hisobga olsak, biz keyingi avlod Xperia smartfoni ham qimmat boʻlishini kutgandik... va yangi narxlar haqidagi insayder maʼlumotlari buni tasdiqladi!
Sony Xperia 1 V Xitoyda 1 160$ ga sotuvga chiqariladi
Sony Xperia 1 V soʻnggi mish-mishlarga koʻra, telefon Xitoyda taxminan 1 160 dollarga chiqariladi, bu oldingi versiyaga nisbatan arzonroq. Biroq, u hali ham koʻplab flagmanlarga qaraganda qimmat.
Shuni aytish kerakki, Sony Xperia Xitoyda juda mashhur. Sony ushbu davlatda Xperia 1 V ni raqobatbardosh boʻlish uchun istagancha narxlashi mumkin. Xperia 1 IV bilan taqqoslaganda 6% ga arzonroq sotiladigan yangi versiya koʻplab xitoyliklarga manzur kelishi aniq.
Ammo, global bozorlarda ham shunday boʻladi, deb aytolmaymiz. Yaʼni, Xperia 1 V boshqa davlatlarga yetib borguncha narxi oldingi versiya narxiga yetib qolsa ajab emas, yaʼni baribir u Yaponiya yoki Xitoyga nisbatan qimmatroq qiymatda yetkazib beriladi.
Boshqa tarafdan, smartfon narxini oqlashi mumkinligi aytilmoqda. Misol uchun, Xperia 1 V yangi avlod CMOS sensori bilan taʼminlangan va yorugʻlik juda kam muhitda ham tasvirlarni tiniq yetkazib beradi. Shuningdek u eng ingichka smartfon bo‘lishi ham mumkin. Aniq tafsilotlarni esa rasmiy ochilishda bilib olamiz.
Xperia yangi versiyasidan oldinroq, aniqrog‘i 10-may kuni Google kompaniyasi ham oʻzining birinchi buklamafoni — Pixel Foldni (1 700$) taqdim qilishi kutilmoqda. Demak, kutamiz — qaysi smartfon o‘z narxini oqlar ekan.