2023-yilda rekord darajada arzonlashgan 5 ta eng yaxshi smartfon

Yangi smartfonlarning narxiga qarab, baʼzida ular nima uchun bunchalik qimmat ekaniga hayron boʻlamiz. Android smartfonlari narxi tushishini esa 2-3 yil kutishingiz shart emas. Shu sababli oʻtgan yildan beri narxlari ancha maromiga kelib qolgan modellarga qarab endi xarid qilish fursati yetganini angladik.

Vivo Y35

Ushbu smartfon Oʻzbekistonga 2022-yil fevralida kirib kelganida 3 mln soʻmdan qimmatroq boʻlgan. Lekin kuzga kelib smartfon narxi rasman tushdi, garchi dunyo boʻylab narxi keskin pasaygan boʻlsada, vivo Y35 ning Toshkentdagi boshlangʻich bahosi negadir deyarli oʻzgargani yoʻq. Biz eng arzon modellarni izlab koʻrdik:

  • 2 mln soʻm — olx

Boshqa barcha marketpleyslarda narxlar deyarli bir xil — 2 mln 545 ming — 2 mln 735 ming soʻm atrofida. Lekin siz texnika doʻkonlariga borib smartfonni ancha kelishtirilgan narxga savdolashib olishingiz ham mumkin.

  • Ayni paytda Vivo Y35 jahon bozoridagi narxi (Hindiston, Pokiston, Rossiya) — 1 mln 300 ming soʻm atrofida.
Vivo Y35 oʻzining narxiga nisbatan ancha kuchli Snapdragon 680 protsessorida ishlaydi, ham yaxshi energiya tejamkorligiga ega. Avvalroq Vivo X90 xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqqan edik. 

Redmi Note 11 Pro Plus

Redmi Note 11 Pro + 5G taxminan avgust oylarida bozorga kirib kelgan. 29-iyul kuni rasmiy eʼlon qilingan paytda, 6 mln 200 ming soʻm atrofida baholangan edi. Endilikda narxi global bozorda naq 2 barobar arzonlashgan.

  • Pro varianti — 3 mln 390 ming soʻm
Seriyasidagi eng kuchli smartfon bu —Redmi Note 11 Pro+ boʻlib, uning texnik jihatlari Note 11 Proniki bilan oʻxshash. Biroq, Pro+ modeliga nisbatan kuchliroq boʻlgan Dimensity 1200 chipi oʻrnatiladi hamda u 120 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Realme GT2 Pro

2022-yilda kirib kelgan flagman, qimmat Xiaomi va Samsung qurilmalaridan aslo qolishmaydi. Narxi sotuv boshida 12 mln 500 ming soʻm edi.

  • Hozirgi narxi 8 mln 300 ming soʻmdan boshlanadi — kattabozor

Realme GT2 Pro ultra yuqori aniqlikdagi (WQHD+) va 1-120 Gts dinamik yangilanish tezligiga ega ekran, 50 megapikselli bir juft kamera, shuningdek, Snapdragon 8 Gen 1 flagman protsessori bilan jihozlangan.

Xiaomi 12

Xiaomi 12 smartfoni mamlakatimizga oʻtgan yilning may oyida yetib kelgan. Keyin u uchun deyarli 14 000 000 soʻmga baholandi.

Modelning asosiy afzalligi uning ixcham telefon ekanligidir. Bundan tashqari,

  • shisha va metalldan yasalgan korobka;
  • 120 Gts chastotali va Gorilla Glass Victus himoya oynasi;
  • Snapdragon 8 Gen 1 protsessori;
  • OIS bilan 50 megapikselli kamera;
  • ultra tez simsiz zaryadlash 50W va 67W simli kabi ustunliklari bor.
  • Marketpleyslardagi hozirgi narxi 7 mln 900 ming soʻmdan boshlanadi — kattabozor

Galaxy S22 Ultra

Ekran sifati va suratga olish nuqtai nazaridan Samsung Galaxy S22 Ultra oʻz seriyasidagi S23 dan qolishmaydi. 

Avval boshda 14 mln atrofida baholangan smartfon hozirda

Qolgan marketpleyslarda narxi 12 mln soʻmdan boshlanadi.

Oldinroq 2023-yilda sotib olish uchun hamyonbop Xiaomi telefonlari ro‘yxati taqdim etilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

BYD Seagull: Oʻzbekiston bozoridagi eng arzon Elektromobil
Elektr BYD Seagull O‘zbekistonga rasman keldi. Uning narxi 208,3 million so‘mdan boshlanadi
Avto
15 sentabr, 12:00
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42