Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi

30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi

Xiaomi kompaniyasi yangi flagman smartfonlari – Xiaomi 14T va 14T Pro'ni taqdim etdi. Bu smartfonlar kuchli protsessorlari, aqlli kamerasi va yorqin ranglarni aks ettiruvchi AMOLED ekranlari bilan ajralib turadi.

Dizaynida tekis qirralar va ingichka ramkalar mavjud bo‘lib, sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Har ikkala model ham IP68 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan.

Smartfon korpusi alyuminiy va mustahkam oynadan yasalgan. Ikkala modelda ham 6,67 dyuymli AMOLED ekran bor, uning aniqligi 2712x1220 piksel, yangilanish tezligi esa 144 Gts gacha. Ekran yorqinligi 4000 nitsgacha bo‘lib, ranglar 12 bitli chuqurlikda ko‘rsatiladi. Sun'iy intellekt esa rang va yorqinlikni atrof-muhitga mos ravishda avtomatik ravishda o'zgartiradi.

Xiaomi 14T dizayni va ranglari
Xiaomi 14T dizayni va ranglari
Xiaomi 14T Pro dizayni va ranglari
Xiaomi 14T Pro dizayni va ranglari

Xiaomi 14T kuchli Mediatek Dimensity 8300-Ultra chipi bilan jihozlangan bo‘lib, tezkorligi AnTuTu testida 1 400 000 dan ortiq ball olgan. Xiaomi 14T Pro esa yanada kuchliroq Dimensity 9300+ chipiga ega va AnTuTu testida 2 120 000 dan ortiq ball to‘plagan.

Har ikkala smartfonda ham qizib ketmasligi uchun Xiaomi 3D IceLoop sovutish tizimi o‘rnatilgan, bu esa samarali sovutishni ta’minlaydi. Smartfonlarda 12 GB tezkor xotira va 256 GB dan 1 TB gacha saqlash xotirasi mavjud.

Xiaomi
Xiaomi

Kamera

Xiaomi 14T'da 50 MP Sony IMX-906 asosiy kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, aniq va sifatli suratlar oladi. Shuningdek, 50 MP telefoto kamera 2x optik zum bilan va 12 MP ultra keng burchakli kamera mavjud.

Xiaomi 14T Pro'da esa asosiy kamera 50 MP Light Fusion 900 sensoriga ega bo‘lib, f/1.6 diafragma va 7P linzali asferik obyektiv bilan jihozlangan. Bu modelda telefoto kamera 50 MP va 2,5x optik zumga ega, ultra keng burchak kamerasi esa 12 MP. Barcha kameralar Leica kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan linzalar bilan jihozlangan, bu esa kam yorug'lik sharoitida ham sifatli surat olish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Leica’ning Authentic va Vibrant deb nomlangan ikkita rang korreksiyasi rejimlari mavjud.

Batareya

Har ikkala smartfonda ham 5000 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan. Xiaomi 14T 65 Vt tezlikda quvvatlanadi, Xiaomi 14T Pro esa 120 Vt tezlikda quvvat oladi va 50 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Xiaomi 14T Pro atigi 19 daqiqada to‘liq quvvatlanadi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar

 Smartfonlar Windows kompyuterlari bilan Phone Link funksiyasi orqali bog‘lanishi mumkin va Google Gemini neyrotarmog‘i bilan ishlaydi. Sun’iy intellekt esa nutqni real vaqtda tarjima qilish, fotosuratlardan video yaratish va ovozli yozuvlarni matnga o‘girib berish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Narxi va mavjudligi

Xiaomi 14T va Xiaomi 14T Pro smartfonlarining O'zbekistondagi narxlari mos ravishda 7 369 000 so'mdan boshlanadi.  Xiaomi 14T Pro uchun esa narxlari 12 089 000 soʼmdan boshlanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47