Instagram egalaridan yangicha ijtimoiy tarmoq taqdim etilmoqda

Meta navbatdagi yirik platformasi ustida ishlamoqda. Yangi ijtimoiy tarmoq asosan matnli muloqotga moslashtirilgan va Twitter, Mastodon kabi loyihalarga asosiy raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. Ishga tushirilish sanasi — 2023-yil yoz oylarida.

Fevral oyida Meta kompaniyasi TikTok’ning matnli ko‘rinishini ishlab chiqayotgani haqida insayder ma’lumotlari tarqalgandi. Endilikda u Instagram bilan integratsiya qilinishi aniqroq bo‘lib bormoqda.

Ushbu matn ilovasi mustaqil platforma boʻlib, qisman Instagramga integratsiya qilinadi. Unga foydalanuvchilar oʻzlarining Instagram verifikatsiya va loginlarini saqlab qolgan holda kirishlari, ularning instagram kuzatuvchilari esa yangi platformada ham unga obuna boʻlishi uchun bildirishnomalar oladi. Meta matn platformasi ActivityPub protokoli asosida qurilgan Mastodonʼga oʻxshab ketadi.

Meta avvalambor, sportchilar, aktyorlar, prodyuserlar, qiziqchilar, shoumenlar kabi taniqli shaxslarni jalb qilmoqchi. Ushbu ijodkorlarga yoʻllagan eslatmada Meta Mastodon, Bluesky va boshqa ilovalar Twitterʼga oʻxshash matnli tarmoqlar yaratishda katta muvaffaqiyatlarga erishayotganini, biroq kompaniyada Instagram, Facebook, WhatsApp va Messengerʼni oʻz ichiga olgan ilovalar oilasi orqali milliardlab foydalanuvchilarni qamrab olish afzalligi borligini taʼkidladi.

Yangi ijtimoiy tarmoqning taxminiy ko‘rinishi
Yangi ijtimoiy tarmoqning taxminiy ko‘rinishi
Ushbu yangi ilova birinchi marta MoneyControl tomonidan xabar qilinganidek, P92 yoki Barcelona ishchi nomiga ega.

ICYMI ijtimoiy media byulleteni muallifi Lea Xabermanning soʻzlariga koʻra, yangi ijtimoiy tarmoqda matnli xabarlar uzunligi 500 belgigacha boʻlishini, foydalanuvchilar esa fotosuratlar, havolalar va besh daqiqagacha boʻlgan  videolarni yuklashlari mumkin. Twitter va boshqa raqobatbardosh ilovalar singari, kontentga like bosish, javob berish yoki baham koʻrish mumkin boʻlgan lenta boʻladi (TechCrunch).

Mavzuga doir qiziqarli xabarlar:

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Bu Xiaomining birinchi krossoveri va u Ferrari Purosanguega juda o'xshaydi: Xiaomi YU7ning jonli suratlar va videolari
Xiaomi o'zining birinchi krossoverini taqdim etishi bilan ko‘pchilikni hayratga soldi. Avtomobil ilk bor hech qanday niqob yoki yashirish vositalarisiz suratga olindi.
Avto
11:47
Xiaomi 15 Ultra kompaniyaning flagmanlari orasida eng katta batareyaga ega bo‘ladi!
Xitoy ommaviy axborot vositalarinung ma'lumotiga ko‘ra, ushbu model 2025-yil fevral oyida sotuvga chiqarilishi mumkin.
Smartfon
15 dekabr, 21:48
iPhone 16 Pro Max va Samsung S24 Ultra solishtirildi: Qaysi biri yaxshiroq?
GSMarena portali 2024-yilning eng kuchli smartfonlarini batafsil taqqosladi. Ikkala qurilma ham o'zining ustun jihatlari bilan ajralib turadi. Keling, ularni batafsil ko'rib chiqamiz.
Smartfon
12 dekabr, 09:55
2024-yilning eng kuchli kameraga ega smartfonlari
Ekspertlar asosiy flagman smartfonlar va ularning fotoimkoniyatlarini taqqosladilar.
Smartfon
12 dekabr, 09:33