Bu Xiaomining birinchi krossoveri va u Ferrari Purosanguega juda o'xshaydi: Xiaomi YU7ning jonli suratlar va videolari

Xiaomi o'zining birinchi krossoverini taqdim etishi bilan ko‘pchilikni hayratga soldi. Avtomobil ilk bor hech qanday niqob yoki yashirish vositalarisiz suratga olindi.

Xiaomi YU7

Xiaomi ikki hafta oldin o'zining birinchi krossoveri - Xiaomi YU7ning rasmiy suratlarini e'lon qilganida ko'pchilikni hayratda qoldirgan edi. Lekin hozir ma'lum bo'lishicha, kompaniya avtomobilni sir tutmayapti: mashina Xitoy yo'llarida hech qanday kamuflyajsiz harakatlanmoqda.

Xiaomi YU7
Xiaomi YU7

 Jonli suratlar va videolarda Xiaomi YU7 renderlardan ko'ra Ferrari Purosanguega yanada ko'proq o'xshab ketgan.

Xiaomi YU7 elektromobili 2025-yilning birinchi yarim yilligida rasman taqdim etiladi. Lekin mashinaning asosiy texnik xususiyatlari Xitoy Sanoat vazirligi tomonidan allaqachon ma'lum qilingan:

• Mashinaning uzunligi - 5 metrga yaqin (4999 mm)

• Kengligi - 2 metrga yaqin (1996 mm)

• Balandligi - 1.6 metr (1600 mm)

• G'ildiraklar orasidagi masofa - 3 metr (3000 mm)

Mashina 5 kishilik bo'lib, uning harakatlanish tizimi ikkita elektr motordan tashkil topgan. Bu esa elektromobilni to'rt g'ildiragiga ham kuch uzatish imkonini beradi. Mashinaning umumiy quvvati 690 ot kuchiga teng. Ammo kompaniya kelajakda boshqa, ya'ni kamroq yoki ko'proq quvvatli modellarini ham taqdim etishi mumkin.

Hozircha elektromobilning batareya quvvati (bir quvvatlashda qancha masofa yura olishi) haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47