LinkedIn sunʼiy intellekti ishga kirishda yordam beradi
Dunyo boʻylab professional mutaxassislar va ish beruvchilarni birlashtiradigan LinkedIn ijtimoiy tarmogʻi xodim izlayotgan tashkilotlar menejerlari bilan muloqot qiluvchi sunʼiy intellekt ishlab chiqmoqda. Yangi funksiya LinkedIn Premium obunachilari uchun taqdim etiladi.
LinkedIn ish izlovchilar uchun yangi generativ SI funksiyasini taqdim etmoqda. Unga koʻra, sunʼiy idrok ish izlayotgan foydalanuvchi nomidan vakansiya joylagan menejerga yozadi.
Buning uchun “AI ga ishga qabul qilish uchun xabar yozishga ruxsat berish” funksiyasini yoqib qoʻyish kerak boʻladi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, funksiya “oʻta moslashtirilgan” xabarni yaratish uchun “foydalanuvchi profilidagi maʼlumotlar, ishga qabul qilish boʻyicha menejer profili, ish tavsifi va qiziqtirgan kompaniya” kabi maʼlumotlardan foydalanadi.
Shu sababli yangi funksiyadan foydalanishdan oldin ish izlayotgan foydalanuvchi LinkedIn profilini batafsil toʻldirib chiqishi lozim boʻladi.
Maʼlumot uchun, LinkedIn ijtimoiy tarmogʻi OpenAIʼga tegishli va SI sohasida Microsoft bilan hamkorlik qiladi. Ayni paytda platforma sunʼiy intellekt bilan bogʻliq bir necha tajribalarni sinab koʻrmoqda.
Giglink.uz avvalroq Samsung xodimlari uchun ChatGPTʼdan foydalanishni taqiqlagani haqida xabar bergandi.