Barcha iPhone 15 va Samsung smartfonlari OLED displeylariga ega boʻladi

Insayderlarning maʼlum qilishicha, Apple bu yil barcha iPhone 15 smartfonlariga bir xil OLED displeylarni oʻrnatadi.

Bu haqida Koreyaning Elec nashri xabar bergan.

Xabarga koʻra, barcha smartfonlar M12 materiallari toʻplamidan iborat eng yangi ekranlar bilan jihozlanadi. Samsung xuddi shu ekranlardan Galaxy Foldʼning yangi avlodida ham foydalanadi.

Biroq, faqat Pro modellari polikristal oksiddan (LTPO) tayyorlangan past haroratli yupqa plyonkali tranzistorlardan (TFT) foydalanadi va bu ularga ekranning yangilanish tezligini oʻzgartirishga imkon beradi.

Samsung yangi flagmanlar qatori uchun OLED ekranlarining asosiy yetkazib beruvchisi boʻlib qolishi kutilmoqda.

Shuningdek, yaqinda iPhone 15 Proning sifatli render rasmlari va texnik xususiyatlari ma’lum bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, smartfon tashqi ko‘rinishi ham sezilarli o‘zgaradi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04