Xiaomi 13 Ultra’ni bir zumda professional kameraga aylantiruvchi maxsus toʻplam

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi 13 Ultra flagman smartfoni uchun Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan maxsus foto-anjomlar toʻplamini taklif etmoqda.

Ushbu toʻplam smartfonni bir necha soniya ichida raqamli kameraga aylantirish imkonini beradi. Foto-anjomlar toʻplamiga nano-teri bilan qoplangan himoya sumkasi va tasvirga olishda shtativ vazifasini bajaruvchi simsiz qurilma kiradi. Shuningdek, xuddi raqamli kameradagi kabi ikki bosqichli fokus va suratga olish tugmasi mavjud.

Bundan tashqari, 67 mm adapter halqasi ushbu noyob himoya korpusiga biriktirish va uni tashqi linza filtriga ulash mumkin.

Maxsus aksessuarlardan tashqari, ushbu professional suratga olish toʻplamida obyektiv qopqogʻi va tasmasini ham bor.

Toʻplamning narxi Xitoyda 115 dollarga baholangan.

Ma’lumot uchun, Xiaomi 13 Ultra 18-aprel kuni namoyish qilingan edi. Taqdimotda smartfon bilan birga maxsus aksessuarlar ham ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26