Xiaomi 14 va Xiaomi 14 Pro tahlili

Xitoyda Xiaomi 14 sotuvi kutilganidan ham qizgʻin boshlandi. Ayni paytda odamlar Xiaomi 13 ning vorisi Xiaomi 14 ga anchagina ishonch bilan qarashmoqda.

Ha, albatta, anglaganingizdek, Xiaomi kompaniyasi borgan sari flagman telefonlari bilan juda katta yutuqlarga erishmoqda.

“Распаковка”

Odatdagidek, Xiaomi Standard va Pro versiyalari qora hamda oq ranglarga chiqardi. Avval standart versiya bilan tanishsak. Korobkada SIM-karta uchun toʻgʻnogʻich, yoʻriqnoma, kafolat kartasi, chexol va zaryadlash moslamasi bor. Bu safargi korpus Redmi Note 13 Pro bilan bir xil boʻlib, u qora silikon korpusda ishlangan. Pastki qismida USB-A portiga ega 90 Vt quvvatli zaryadlovchi qurilmasi mavjud. Zaryadlash kabeli — USB A-C.

Xiaomi 14 Pro ham xuddi shu aksessuarlarga ega, faqat zaryadlovchi qurilmasi 120 Vt quvvatli koʻrsatkichda.

Kamera moduli kattaroq boʻlgani uchun noqulay koʻrinadi, shuningdek, Xiaomi kamerani Clous de Paris teksturali halqa bilan oʻrab olgan. Aytishlaricha, bu dizayn koʻpincha hashamatli soatlarda qoʻllaniladi, shuning uchun u premium koʻrinadi. Ammo boshqa bir guruh texno-mutaxassislar bu fikrga qoʻshilishmadi.

Xiaomi 13 bilan taqqoslaganda, Xiaomi 14 dizaynini yaxshilangan deb boʻlmaydi. Kamera kattaroq boʻlsa-da, hajmi va vazni avvalgi versiya bilan bir xilda qoldirilganligi hattoki yaxshi ham. Kamera modulini hisobga olmaganda, umumiy taassurot Xiaomi 13niki bilan juda oʻxshash boʻladi.

Bundan tashqari, yuqori paneldagi barcha sensorlar kamera moduliga koʻchirilgan, shuning uchun yuqori ramka ancha keng koʻrinadi. Standart model vegan teridan tayyorlangan eksklyuziv pushti versiyada mavjud boʻlib, uning rangi bir qarashda chiroyli.

Pro versiyaning orqa qismi deyarli standartning kengaytirilgan versiyasi boʻlib, bir qarashda alohida xislati yoʻqdek koʻrinadi. Ammo displey oldingi qabartma displeylarga oʻxshamaydi. U har tomondan qabarib turadi. Bu taraflama biroz HUAWEI Mate 60 Proʻga oʻxshab ketadi.

Pro va Standard versiyalaridagi displey panellari bu safar Samsungʻniki oʻrniga TCL C8 paneli bilan almashtirilgan. Standart versiyaning oʻlchamlari biroz yuqoriroq, DPI 460 ga yetadi, LTPO va toʻliq DC oʻlchamda qoʻllab-quvvatlanadi.

Pro versiyasida oldingisiga nisbatan yorqinligini oshirilgan va himoya oynasi Dragonning oʻziga xos Crystal Glass bilan almashtirildi. Qanday boʻlmasin, ikkala telefon ham ekran jihatidan eng yaxshisi, shuning uchun tashvishga hojat yoʻq.

Xiaomi 14 Pro ham, standart versiya ham eng soʻnggi Snapdragon 8 Gen 3 protsessoridan foydalanadi, protsessor oʻzidan oldingisiga nisbatan 30 foizga, GPU esa 25 foizga oshgan.

Standart va Pro oʻrtasidagi farqlar

Rasmiy veb-saytdagi texnik xususiyatlarni taqqoslaganda, oʻlchamdan tashqari, Xiaomi 14 Pro va standart versiya oʻrtasida faqat beshta farq borligini aytish mumkin, bular: ekran, kamera, USB-C uzatish tezligi, batareya quvvati va zaryadlash tezligi.

Batareya va zaryadlash tezligi telefon hajmiga qarab farq qiladi, shuning uchun standart versiya Pro versiyasi kabi zoʻr boʻlmasligi mumkin. Ammo texnik jihatdan salkam bir xil modellardan istalganini shunchaki oʻlchami yoki rangiga qarab tanlashingiz ham mumkin.

Aytgancha, USB 3.0 dan tashqari, bu safar old kamera 4K formatida video yozib olish imkonini beradi.

HyperOS

Flagmanlardagi yangiliklardan biri — bu yangi HyperOS operatsion tizimidir. Ammo u MIUI operatsion tizimiga juda oʻxshab ketadi va nisbatan anchagina yaxshi ishlaydi. Shu sababli smartfonlar ishlashi borasida xavotir olmasa boʻladi.

13-seriya bilan taqqoslaganda, standart Xiaomi 14 kuchliroq kameraga ega va tezroq zaryadlanadi. Pro versiyasining ekrani yaxshiroq va tezroq ishlaydi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Ilon Maskning biz bilmagan 50 000 dollarlik kichkina uyi va kamtarona hayoti namoyish qilindi
Yaqinda Maskning tarjimai holini soʻzlab bergan Valter Ayzekson oʻzining Twitter sahifasida dunyodagi eng boy odamning kamtarona uyi haqida hikoya qildi.
Lifestyle
03 dekabr, 22:53
2023-yilning eng yaxshi smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi: iPhone yana birinchi o‘rinda emas
Roʻyxatdan mazkur yili chiqarilgan eng arzon smartfondan tortib eng qimmatlarigacha joy olgan.
Smartfon
30 noyabr, 13:27
Oddiy komikslar yaratishga yordam beradigan 5 ta AI vositalari
Komikslar yaratishni istaydigan, lekin kerakli koʻnikmalarga ega boʻlmaganlar uchun eng yaxshi AI vositalarini quyida tavsiya qilamiz.
Lifehacker
27 noyabr, 12:20
Xiaomi elektromobilining real rasmlari birinchi marta internetda paydo boʻldi
Ancha vaqtdan beri muhokama qilinib kelinayotgan Xiaomi SU7 elektromobili ichki ko‘rinishi nihoyat ma’lum bo‘ldi.
Avto
25 noyabr, 13:25