Xiaomi 14: chiqarilish sanasi, texnik xususiyatlari va narxi haqidagi mish-mishlar

Hozircha Xiaomi 14 qachon chiqishi hozircha aniq emas, ammo Xioami 13’dan keyin kompaniya raqobatchilaridan qolib ketmaslik uchun jiddiyroq harakat qilishi kutilmoqda.

Xiaomi 14 smartfoni qachon taqdim qilinadi?

Kompaniya soʻnggi yillarda Xiaomi yangi flagmanlarini yangi yilning boshida taqdim qilishni odat qilib olgandi.

Shundan kelib chiqib Xiaomi 14 chiqishini 2024-yilning fevral yoki mart oylarida kutishimiz mumkin.

Xiaomi 14’dan kutilayotgan yangiliklar va dizayni

Xiaomi 14 va Xiaomi 14 Pro Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 yagona chipli tizimi asosida ishlab chiqiladi.

Digital Chat Station insayderi — Xitoylik mashxur analitikning fikricha, navbatdagi flagman 1 TB flesh-xotiraga ega boʻlishi mumkin.

Batareyalarga kelsak, Digital Chat Station Xiaomi 14 bazasida 90 Vt simli tez zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydigan 4860 mA / soat batareyaga ega boʻladi. Shuningdek, 50 Vt tezlikda simsiz zaryadlash ham mavjud boʻladi. Xiaomi 14 Pro 120 Vt tez simli zaryadlash bilan 5000 mA / soat quvvat manbai bilan ta’minlangan.

Smartfon kameralari haqida rasmiy malumot yoʻq, biroq mish-mishlarga qaraganda Xiaomi 14 sifatni yo‘qotmasdan tasvirni 3,2 marta kattalashtirishi mumkin.

Xiaomi 14 dizayni Xiaomi 13dan unchalik farq qilmasligi mumkin. Biroq taxlilchilar Xiaomi 13 yirik kamera va 1 dyumli sensor hisobiga qalin va ogʻirligini hamda smartfon orqa korpusida dogʻlar, barmoq izlari juda yorqin sezilishini takidlashgan holda, Xiaomi 14 dan yengilroq va kichik muammolarni yopa oladigan dizayn kutishayotganlarini yozishgan.

Xiaomi 14 narxi qanday boʻladi?

Smartfon narxlari haqida rasmiy ma’lumotlar yoʻq.

Ammo bugungacha taqdim etilgan modellar narxiga asoslanib Xiaomi 14 bahosi quyidagicha bo‘lishini taxmin qilish mumkin:

  • Xiaomi 14 - 655$
  • Xiaomi 14 Pro - 990$
  • Xiaomi 14 Lite - 350$
  • Xiaomi 14 Ultra - 830$

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17