Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq

Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

Autostrada.uz ning xabar berishicha: Chevroletning sotuvlari bir muncha kamaygan boʻlsa ham, u hali ham Qozog‘istonda eng ko‘p sotiladigan yangi avtomobillar ro‘yxatida joy olgan.

Qozog‘iston avtomobil bozori ham O‘zbekistondagidek tushish davrini boshdan kechirmoqda: yangi avtomobillar soni kamaymoqda. Ammo sotuvlar uch baravar kamaygan bo‘lsa-da, Chevrolet Qozog‘iston bozorida hali ham yetakchilikni saqlab turibdi. Eng ko‘p sotiladigan avtomobillar orasida Chevrolet Cobalt va, garchi bu biroz g‘alati tuyulsa-da, Chevrolet Onix bor.

Qozog‘istonda Onixning sotuvlari ortib bormoqda, sabablaridan biri – bu avtomobil O‘zbekistondagidan arzon. Chevrolet Onix Kostanaydagi Allur zavodida ishlab chiqariladi, u yerda UzAuto Motors tomonidan yetkazib berilgan komponentlar va avtomobil qismlari ishlatiladi.

Onix Qozog‘istonda O‘zbekistondagidan arzonroq narxda sotiladi. O‘zbekistonda maxsus chegirmali narxlar bo‘lsa ham, Qozog‘istondagi narx baribir arzonroq.

Chevrolet Onix LTZ, 2023 yil modeli:

- Qozog'ʻstonda narxi: 6,990,000 tenge ($14,535)

- Oʻzbekistonda chegirmali narxi: 184,899,840 soʻm ($14,675)

- O'zbekistonda toʻliq narxi: 199,899,840 soʻm ($15,865)

Chevrolet Onix Premier 2, 2024 yil modeli:

- Qozogʻistonda narxi: 7,790,000 tenge ($16,201)

- Oʻzbekistonda chegirmali narxi: 204,580,480 soʻm ($16,237)

- Oʻzbekistonda toʻliq narxi: 219,580,480 soʻm ($17,427)

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47