Chery Arrizo 5 2024 Huimin Edition — 8 ming dollarlik sedan taqdim etildi

Aslida bu ham o'sha Chery Arrizo 5, faqat narxi tushgan.

Chery yangi arzon sedan Arrizo 5 ning yangi versiyasini taqdim etdi. Yangilik Arrizo 5 2024 Huimin Edition deb nomlanadi va asosiysi — narx: xarakteristikalar yoki jihozlanish oʻzgarmasdan, avtomobil 6000 yuan (830 dollar) arzonlashdi.

Chery Arrizo 5 2024 Huimin Edition ikki versiyada taklif etiladi: mexanik uzatish qutisi va variator bilan. Narxi mos ravishda 8,2 va 9,6 ming dollar. Dvigatel yagona — 1,5 litrli quvvati 120 ot kuchi.

- Sedanning oʻlchamlari 4572 x 1825 x 1482 mm;
- gʻildirak bazasi — 2670 mm.
- Jihozlar orasida sun'iy charm bilan qoplangan oʻrindiqlar
- koʻp funksiyali rul,
- 9 dyuymli ekranli media tizimi,
- klimat nazorati,
- kruiz nazorati mavjud.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10