Tom Holand ishtirokidagi “Gavjum xona” seriali treyleri chiqdi

Tom Holland Apple TV+ suratga olayotgan “Gavjum xona” (The Crowded Room”) serialida ruhiy kasal jinoyatchi obrazini ijro etadi.

1979-yilda Ogayo shtati universiteti kampusida uch ayolni zoʻrlagani uchun hibsga olingan jinoyatchi Billi Milliganning jinoyatlaridan ilhomlanib yozilgan ssenariy asosidagi film “Oskar” mukofoti laureati Akiva Goldsman (“Ong oʻyinlari”) tomonidan yaratilgan boʻlib, serial yaratilishida u shouranner, yozuvchi va ijrochi prodyuser hissa qoʻshmoqda.

“Gavjum xona” filmida 1979-yilda Nyu-Yorkdagi otishmada ishtirok etganidan keyin hibsga olingan Denni Sullivan (Holand) toʻqima obrazi haqida ham soʻz boradi. Trillerga koʻra, tergovchi Ria Gudvin (Amanda Seyfrid) va Denni oʻzining oʻtmishdagi jarohatlarini qayta esga oladigan bir qator intervyulari orqali hikoya qilinadi. 10 qismdan iborat serialda Sasha Leyn, Emmi Rossum, Kristoper Abbot, Uill Cheyz, Lior Riaz va Genri Eikenberry suratga tushgan.

Bosh qahramon Holand avvalroq Entertainment Weekly nashriga bergan intervyusida serialni “inson aqli kuchini anglab yetish” deb taʼriflagan edi.

Aktyor Denni obrazini koʻrgandan soʻng tomoshabinlar “ruhiy salomatligi bilan bogʻliq muammolarga uchragan odamlarga nisbatan koʻproq hurmat va hamdardlik koʻrsatishiga” umid qilishini qoʻshimcha qildi.

Marvel yulduzi, shuningdek, oʻgʻlini aloqaga chiqishini kutib umidsizlikka tushgan ona haqidagi qisqa metrajli “Soʻnggi qoʻngʻiroq” filmida yanada dramatik obrazda namoyon boʻladi. Qisqa metrajli film uning akasi Garri Holand tomonidan suratga olingan va 2023-yilda Tribecaʼda premyerasi boʻlib oʻtadi. Holand, shuningdek, Pol King rejissyorligida Fred Astaire biografik filmi ham ishtirok etishi kutilmoqda.

“The Crowded Room” premyerasi 9-iyun kuni Apple TV+ da boʻlib oʻtadi.

Avvalroq “Wednesday” va “Avatar” filmlarining keyingi qismi haqida so‘nggi xabarlar ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56