Netflix koreys filmlari va seriallari uchun yana 2,5 milliard dollar ajratdi

Yangilik maʼlum boʻlganidan soʻng Janubiy Koreyaning ishlab chiqarish va koʻngilochar kompaniyalari aksiyalari keskin koʻtarildi.

Netflix 24-aprel kuni Janubiy Koreyaga koreys seriallari va filmlarini ishlab chiqarish uchun kelgusi toʻrt yil ichida 2,5 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini, bu esa kompaniyaning 2016-yildan beri bozorga kiritgan sarmoyasidan ikki barobarga koʻp.

Amerika striming xizmati bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol Netflix direktori Ted Sarandos bilan uchrashganidan soʻng maʼlum qildi. Yun dushanba kuni olti kunlik davlat tashrifi bilan Vashingtonga keldi. Prezident Yun ushbu sarmoyani Janubiy Koreya kontent sanoati va Netflix uchun “katta imkoniyat” deb baholadi.

Janubiy Koreya hukumatining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda musiqa, video oʻyinlar va filmlar, jumladan, kontent eksporti rekord darajadagi 12,4 milliard dollarga yetgan. Bu eksport hajmi boʻyicha maishiy texnika va akkumulyatorlarni ortda qoldirdi.

Janubiy Koreyaning Squid Game, The Glory, Physical:100 va boshqa loyihalariga ishora qilar ekan, Sarandos, Koreya kino sanoatidan yanada koʻplab qiziqarli filmlar kutayotganini aytgan. 

Maʼlumot uchun, 2021-yilda chiqarilgan “Squid Game” premyeraning ilk 28 kunida 1,65 milliard soat tomosha qilinish Netflixʼning barcha davrlardagi eng koʻp tomosha qilingan seriali boʻlib qolmoqda.

Avvalroq “Wednesday” va “Avatar” filmlarining keyingi qismlari haqida so‘nggi xabarlar ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47