YouTube endi nofaol akkauntlardagi videolarni oʻchirmaydi

Endilikda Google ham YouTube videolariga bogʻlangan profillarni oʻchirmaydi: “Hozirda YouTube videolaridagi hisoblarni olib tashlash rejalarimiz yoʻq”. Bundan tashqari, platforma 30 soniyalik o‘tkazib bo‘lmaydigan reklamalarni joriy qilmoqda.

Seshanba kuni Google oʻzining faol boʻlmagan akkauntlar uchun qoidalarini yangiladi va ikki yil davomida ishlatilmagan har qanday hisob oʻchirib tashlanishini aytgandi. Xabar tezda internet foydalanuvchilarining eʼtiroziga sabab boʻldi.

Bu orada YouTube foydalanish qoidalarini yangiladi va bundan buyon nofaol akkauntlardagi videolar oʻchirilmasligini maʼlum qildi.

Google ushbu yangi nofaol hisob siyosatini joriy qilganining sababi firibgarlik holatlarini kamaytirishdir. Kompaniyaning taʼkidlashicha, bunday loginlarni buzish osonroq.

Albatta, Google baʼzi eski hisoblarni oʻchirish orqali server xarajatlarini ham tejaydi. Lekin Google Workspace (Gmail, Docs, Drive, Meet, Calendar) va Google Photos kontenti uchun oʻchirish jarayoni 2023-yil dekabridan keyin boshlanadi.

Jarayon oʻchirilgan va boshqa ishlatilmagan hisoblardan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shunday qilib, eski hisob qaydnomalari boʻlgan foydalanuvchilar tizimga kirish va maʼlumotlarini saqlashlari mumkinligiga ishonch hosil qilish uchun yetarli vaqtga ega.

Hisobni oʻchirishdan oldin, Google foydalanuvchining profil bog‘langan manziliga (telrfon raqami yoki elektron pochtasi) bir nechta bildirishnomalarni yuboradi.

YouTube videolari saqlanib qolishi koʻplab internet foydalanuvchilariga yengillik keltiradi, biroq Googleʼda Google Driveʼdan tortib Photosʼgacha boʻlgan juda koʻplab xotira kontentlar mavjud boʻlib, baʼzi raqamli artefaktlar ham yoʻqoladi. 

Shu bilan birga, Twitter rahbari Ilon Mask ham yaqinda faol boʻlmagan akkauntlarni tozalash rejalarini eʼlon qildi. Texnologik kompaniyalaridagi oʻzgaruvchan siyosatlar barchamiz qimmatli eslatma boʻlib xizmat qiladi: muhim maʼlumotlarni biror profilga bog‘lmasdan doimo zaxiralab qoʻyish kerak.

Avvalroq YouTube’da video ovozini turli tillarga oʻzgartirish funksiyasi ishga tushgan edi.

YouTube televizorlar uchun 30 soniyalik oʻtkazib boʻlmaydigan reklamalarni joriy qilmoqda

YouTube navbatdagi yangilik sifatida uzunroq reklamalarni taqdim qilmoqda. Endilikda smart TVlarda 30 soniyalik “o‘tkazib bo‘lmaydigan” reklamalar namoyish qilinadi. 

Ushbu oʻtkazib yuborib boʻlmaydigan reklamalar kompaniya eng yaxshi videolar deb hisoblagan YouTube Select kontentida paydo boʻladi. Uzunroq format sotuvchilarga “eng ommabop kontentdan oldin foydalanish” imkonini beradi.

Yangilikning foydalanuvchilarga yaxshi tomoni deb, ketma-ket ikkita :15 reklamani koʻrish oʻrniga, [tomoshabinlar] bitta :30 reklamani koʻrishi aytilgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10