Xakerlar Apple, Amazon, Microsoft kompaniyalarining Osiyodagi data-markazlariga hujum qildi

Apple, Amazon, BMW, Huawei, Goldman Sachs, Microsoft kabi 2 000 ga yaqin yirik kompaniyalarning Osiyodagi maʼlumotlar bazasiga kirish uchun loginlar xakerlar qoʻliga tushgan va sotuvga qo‘yilgan.

Nikada / Getty Images

Bloomberg nashrining maʼlum qilishicha, xakerlar hujumi qamrovi shu qadar katta boʻlganki, ular kuzatuv kameralariga kirishga muvaffaq boʻlishgan, shuningdek, qoʻlga kiritgan maʼlumotlari markazdagi serverlarga jismonan yetib borish imkonini ham beradi.

Hujumga uchragan maʼlumot markazlari — Shanxaydagi GDS Holdings (GDS) va Singapurning ST Telemedia Global Data Centers (STT GDC) Osiyoning eng yirik serverlarni saqlash xizmatini koʻrsatuvchi kompaniyalari hisoblanadi.

GDS hujum uchun maʼlumotlar 2021-yilda kompaniyaning texnik qoʻllab-quvvatlash saytidagi buzgʻunchilik tufayli sizib chiqqanini tan oldi. STT GDC vaziyat borasida tafsilotlarni oshkor qilmadi.

Mazkur holat sabablarini tahlil qilar ekan, Bloomberg buni yirik kompaniyalarning oʻz maʼlumotlarini saqlash va oʻz tarmoqlarini dunyo bozoriga olib chiqishda uchinchi tarafga bogʻliq ekanligi bilan bogʻlagan. 

Xavfsizlik boʻyicha ekspertlarning taʼkidlashicha, vaziyat ayniqsa Xitoyda keskin, u yerda korporatsiyalar mahalliy maʼlumotlar provayderlari bilan hamkorlik qilishi kerak.

“Bu sodir boʻlishi kutilayotgan dahshatli tush”, — vaziyatni baholagan AQShning eng yirik maʼlumotlar markazi operatorlaridan biri Digital Realty Trust Inc kompaniyasining sobiq axborot direktori Maykl Genri (hodisalar Digital Realty Trust kompaniyasiga taʼsir qilmagan).

Genrining soʻzlariga koʻra, har qanday maʼlumotlar markazi operatori uchun eng yomon holat bu — tajovuzkorlarning mijozlar serverlariga jismoniy kirish huquqiga ega boʻlib, zararli kod yoki qoʻshimcha qurilmalarni oʻrnatishi hisoblanadi. “Agar ular bunga erisha olsalar, aloqa va savdoni dunyo miqyosida buzishlari mumkin”.

GDS va STT GDC kompaniyalari mazkur maʼlumotlarning sizib chiqishi mijozlari va ularning IT tizimlari uchun xavf tugʻdirmasligini taʼkidlamoqda.

Biroq, jabrlangan toʻrtta AQSh kompaniyasining rahbarlari oʻgʻirlangan maʼlumotlar jiddiy xavf paydo qilishini maʼlum qilgan, chunki, birinchi navbatda, mijozlarni qoʻllab-quvvatlash tizimlari serverlarga jismoniy kirishga ruxsat berilganligini nazorat qiladi.

“Bozori olchi” xakerlar ayni paytda toʻplangan maʼlumotlarni 175 000 dollarga Darknetʼda sotuvga qoʻyishgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08