Smartfoningizga buzib kirilganini qanday bilish mumkin? Kiberekspert izohi

Qoʻlimizdagi mobil qurilma qanchalik xavfdan holi yoki xakerlik hujumiga uchraganligini doim ham bilmaymiz.

Giglink uchun Midjourney’da yasaldi

Buning ustiga, har kuni salkam 20-30 hattoki koʻproq internet manbalariga kiramiz, yangi ilova yuklaymiz, yoki koʻchada biror Wi-Fi tarmogʻidan foydalanamiz. Mazkur holatlarning har biri kiberhujum uchun yetarlicha “yoʻl ochib” berishi mumkin.

Kibermutaxassis Sergey Vakulin smartfonning xakerlik hujumiga uchragandagi holati toʻgʻrisida RIAMO’ga bergan intervyusida soʻzlab berdi. 

Uning aytishicha, xakerlik hujumiga uchragan smartfon birinchi navbatda qiziydi, yaʼni qurilma harorati odatdagidan yuqori boʻladi. 

Agar gadjetingiz issiq boʻlsa, “smartfonimda ortiqcha oʻyin, ilovalar yoʻqku, xotirasi ham toʻlmagan”, deb oʻylashga shoshilmang* — bu aynan yuqorida keltirilgan sabab bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Shuningdek, ekranning yuqori qismida paydo boʻlgan audioyozuv yoki kamera belgisi smartfoningizga hujum boʻlganidan dalolat beradi. 

“Agar ekran yuqorisida kamera yoki diktofon belgisi paydo boʻlaversa, shu zahotiyoq sozlamagalarga kirib kamera va mikrofondan foydalanishga ruxsat berilgan ilovalardan ruxsatni olib tashlang.”, deb tushuntirdi Vakulin.

Uning qoʻshimcha qilishicha, mazkur belgilar odatda barcha Android va iOS qurilmalarida bor: kamera yonganda qizil, mikrofondan foydalanganda esa yashil nuqtacha yonadi.

*Maʼlumot uchun, odatda telefon xotirasi turli oʻyin, ilova va fayllar bilan toʻlib ketganida ham qurilma qiziy boshlaydi. Yoki u noto‘g‘ri quvvat olayotganida qizishi mumkin. 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47