Xakerlar Tesla elektromobilini buzib kirdi va 100 ming dollarni qo‘lga kiritdi

Synacktiv jamoasi Teslaning asosiy boshqaruvigacha kirgani va avtomobilni toʻliq nazoratga olishni uddasidan chiqqanini koʻrsatib berdi.

Pwn2Own xakerlik musobaqasining ilk kunidayoq xakerlar jamoasi Teslaʼning xavfsizlik tizimini muvaffaqiyatli buzishdi va 100 ming dollar pul hamda Tesla Model 3 avtomobilini yutib olishdi.

Soʻnggi bir necha yildan buyon Tesla oʻz elektromobillari elektron tizimi mustahkamligi uchun juda katta sarmoyalar kiritib kelmoqda va bu yoʻlda oq shapkali xakerlar (turli IT tizimlar kiberxavfsizligi uchun xizmat qiluvchi xakerlar turi, ular yaxshi maqsadlarda tizimlarni buzish orqali nozik joylarini koʻrsatib berishadi) bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Kompaniya shu maqsadda Pwn2Own xakerlik tanlovida ishtirok etib, Tesla elektromobili tizimini buzib kirgan ishtirokchilarga katta sovrinlar va elektromobil vaʼda qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy tadbirda Synacktiv xakerlari Tesla Gatewayʼga qarshi nol kunlik TOCTOU zaifligidan foydalangan. Ushbu turdagi zaiflik xavfsizlik uchun tekshirilayotgan resurs va undan foydalanish oʻrtasidagi vaqt oraligʻini qoʻllash orqali tizim xavfsizligi tekshiruvini chetlab oʻtishni anglatadi. Bunda xakerlar “oʻljaning” xavfsizlik tizimini maxsus tekshiruv oʻtkazganidan so‘ng, lekin uning egasi mazkur tizimga kirishidan oldin buzadi.

Synactiv oq xakerlar jamoasi musobaqada Model 3 tizimlarini sinovdan oʻtkazish jarayoni tasvirlari bilan boʻlishdi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47