Twitter va Threads o'rtasidagi 10 ta muhim farq
Roʻyxatdan oʻtishning osonligi, Android va iOS qurilmalarida ishlash qulayligi, Instagram boʻylab shov-shuvlar natijasida Threads bir kun ichida 30 milliondan ortiq foydalanuvchini atrofida toʻplay oldi. Buning ustiga raqobatchisi Twitterʼdan funksiyalarini muvaffaqiyatli ravishda “koʻchirishni” uddalagan.

Shunday bir vaqtda oʻrinli savol paydo boʻladi:
Qaysi biri yaxshiroq: Threads yoki Twitter?
Koʻpgina Twitter foydalanuvchilari singari, siz ham muqobilni qidirayotgan boʻlishingiz mumkin va Meta ilovasi Twitter'dan qanday farq qilishi va bu farqlar uchun roʻyxatdan oʻtish va boshqa ijtimoiy media ilovasida qanday harakat qilishni oʻrganishga arziydimi, degan savol tugʻilishi mumkin.
Ayni paytda bu ikki “egizak ilova” oʻrtasida bir qancha farqni sezish mumkin. Har ikki tarmoqning minus va yaxshi taraflari bor.
Kirish uchun Instagram profilining boʻlishi zarurligiAgar siz Threadsʼga kirmoqchi boʻlsangiz, roʻyxatdan oʻtish uchun Instagram profili talab qilinadi. Bunda ikki muhim holatga eʼtibor berishga toʻgʻri keladi: birinchisi — bu yashirin “levy” profil yaratishning iloji yoʻqligi, siz Threadsʼga kirdingizmi — u instagram akkauntingizga ulangan va buni istalgan kuzatuvchingiz koʻrib turishi mumkin. Ehtimol bu qaysidir maʼnoda Twitterʼda ommalash boshlagan trollikning oldini olishi mumkin. Twitterʼda esa profilni istagancha pochta yoki telefon raqam bilan ochish mumkin.

Faqat bitta asosiy kanal mavjud
Agar siz tarmoqqa kirgan boʻsangiz, Threadsʼda bitta lenta borligini koʻrishingiz mumkin: bu yerda siz obuna boʻlgan va obuna boʻlmagan foydalanuvchilardan maʼlumotlar keladi. Tarmoq mutlaqo bepul va hamma uchun, bir qarashda Meta platformasi hech kimni xafa qilmaslik, eʼtibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilgan koʻrinadi. Buning ustiga lentadagi postlar xronologik tartibda emas, bu tartibsizlikni keltirib chiqaradi.
Instagramʼning maʼlum qilishicha, lentangizdagi “begona” postlar “siz hali kashf qilmagan yangi ijodkorlardan tavsiya etilgan kontent”ni koʻrsatish uchun moʻljallangan. Shunday ekan, ulardan hali-beri qutilishning iloji yoʻq. Juda joningizga tegsa, ularni bittalab tanlab bildirishnomalarni oʻchirishingiz yoki bloklab chiqishingiz kerak.
Aniq mavzu yoki trend yoʻq
Twitterʼda odatda u-yoki bu mavzu virusli boʻladi va bir necha kunlar muhokama qilinadi. Ammo Threadsʼda bunday narsani hozircha koʻrmaysiz. Kirganlar asosan hayp mavzu va postlarni qoldirishmoqda. Umid qilamizki, Twitter Threads oʻrnini bosish uchun u oʻz platformasida mashhur mavzularni qoʻshish yoʻlini topadi.
Heshteglar
Ijtimoiy tarmoqlarda heshteglar mavzularni kengroq tarqalishi uchun xizmat qiladi. Eng qiziqarli mavzular bilan bogʻliq kontentni topishni osonlashtiradi.
Likeʼlarni kuzatishdagi muammolar

Twitterʼda, siz like qoldirgan tvitlarni profilingizdan kuzatib borishingiz mumkin. Threadsʼda bunday narsa yoʻq.
Reklamalar yoʻq (hozircha)
Ha, Threads hozirda reklamasiz. Albatta, birinchi kunidanoq ilovada reklama boʻlmasligi tabiiy, lekin tez orada vaziyat oʻzgarishi aniq.
Shaxsiy xabarlar yoʻq
Threadsʼda hozirda toʻgʻridan-toʻgʻri “lichkalar” mavjud emas. U koʻrinishidan instagramning matnli davomiga oʻxshaydi. Kelgusida DM qoʻshish borasida aniq bir rejalar aniq emas.
Postlarni saqlash funksiyasi yoʻqThreadsʼda oʻzingiz istagan postlarni “zakladkiga” saqlash imkoni yoʻq. Umid qilamizki, kelgusida bu borada yechimlar qilinadi va foydalanuvchilarga postlarni papkalarga ajratishga imkon beradi.
Postlar hajmi kattaroq
Twitter Blueʼga obuna boʻlmasdan platformadan foydalanadigan Twitter foydalanuvchilari maksimal uzunligi 280 belgidan iborat tvitlarni joylashtirishlari mumkin. Twitter Blue obunachilari 4000 ta belgigacha boʻlgan tvitlarni joylashtirishlari mumkin. Threadsʼda bu cheklov 500 ta belgidan iborat va nisbatan yaxshi koʻrsatkich.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar



