Twitter Blue Oʻzbekistonda ham ishga tushdi
Ijtimoiy tarmoqlar
24 mart, 14:20
Twitter'ning premium versiyasi — Twitter Blue obunasi oʻzbekistonliklar uchun ham ochildi. Bu funksiya Ilon Mask ijtimoiy tarmoq rahbarligiga kelgandan soʻng qoʻshilgandi va ayrim davlatlar uchun ishga tushgandi, xolos. Endi deyarli barcha uchun ochiq, xususan, oʻzbekistonliklar uchun ham.

Galochka belgisini pullik olish butun dunyo boʻylab ochildi, biroq 1-apreldan boshlab kompaniya oʻzining shaxs, shon-shuhrat va boshqa mezonlarga asoslangan oldingi tekshirish strategiyasini bekor qila boshlaydi va shu tarzda allaqachon berilgan tasdiq belgilarini olib tashlaydi.
Twitter Blue Telegram'dek arzon emas: bir oylik obuna narxi 11 dollar, yillik obuna narxi esa chegirma bilan 114 dollar (132 dollardan chegirganda).
Bu funksiya bilan tvitga qo'yilgan harf limiti o'zgaradi, tvitni tahrir qilish imkoniyati beriladi va hokazo.
Jismoniy shaxslar uchun obuna pullik, tashkilotlar esa tasdiq belgisini saqlab qolish uchun roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya